Get Mystery Box with random crypto!

Subsidiya olish uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda! | Huquqshunos yordami

Subsidiya olish uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda!

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-may sanasidan ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

O‘tgan 1 hafta davomida 162 117 ta ariza qabul qilindi.

Ariza berish usuli 2 xil:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (https://my.gov.uz/oz/service/325) – 113 003 ta;
Davlat xizmatlari markazlari orqali – 49 114 ta

Eng ko‘p ariza qabul qilingan hududlar:
Samarqand viloyati – 21 171 ta
Andijon viloyati – 21 105 ta
Farg‘ona viloyati – 18 308 ta
Toshkent shahri – 15 769 ta
Namangan viloyati – 13 703 ta

Arizalar tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari raisligidagi komissiyalar tomonidan ko'rib chiqiladi.

Ko'rib chiqish natijasi bo'yicha subsidiya ajratish yoki rad etish to'g'risida fuqarolarning telefon raqamlariga sms-xabar yuboriladi.
---------------------------------------------------------
! Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga asosan, arizalarni qabul qilish maqsadli ko'rsatkichlar doirasida 2024-yil 1-noyabrgacha davom etadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot