Get Mystery Box with random crypto!

#Сўраган_эдингиз #Malaka_toifasi Attestatsiyadan o‘tis | Huquqshunos yordami

#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham kerakmi?

Pedagog kadrlar tomonidan attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat etilganda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ilova qilingan so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

pedagog kadrning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);

qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma (o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun).

Pedagog kadrlardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas.

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi.

Eslatma: so‘rovnomani bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning o‘zi mustaqil ravishda to‘ldiradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii