Get Mystery Box with random crypto!

AVTOMAShINASI BORLARGA BOLA PULI BERILADIMI? Savol: | Huquqshunos yordami

AVTOMAShINASI BORLARGA BOLA PULI BERILADIMI?

Savol:
Assalomu alaykum, meninig savolim shundan iboratki 8oylik farzandimga bola puli chiqadimi erimning nomida jentira mashina bor(mashina yili 2016)

Javob: "Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 20-bandi v-kichik bandiga asosan, "Ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomiga rasmiylashtirilgan yoki bosh ishonchnomaga asosan quyidagilar mavjud bo‘lganda bola puli berilmaydi:
ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi;
ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi."

Demak, ariza beruvchining oila a'zosining nomida 2014-2021-yillarda ishlab chiqarilgan mashina bo`lsa yoki nomida 2 ta mashina bo`lsa bola puli berilmaydi. Sizni xo`jayinizni nomida texnik holatdan soz bo`lgan 2016-yil ishlab chiqarilga Gentra avtomobili bo`lgani uchun bola puli berilmaydi sizni oilangizga.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii