Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga | Huquqiy ko'mak

Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishlash uchun tanlovlarda ishtirok etish maqsadida 2023-yil 17-fevral kuni “Labor-migration” dasturiy majmuasidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar tanlovlarga taklif etiladi.

Fuqarolar doimiy yashash manzili bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etadi!

Tanlovlar vaqti va manzillari:

Toshkent shahri va viloyati nomzodlari uchun – Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on shahri, Tolovul MFY, Oybek ko‘chasi. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi (eski qizil tom kolleji).

23-fevral soat 09:30 dan 13:00 gacha
Toshkent viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

23-fevral soat 14:00 dan 18:00 gachaToshkent shahridan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlari nomzodlari uchun – Samarqand shahri Kimyogarlar ko‘chasi «Yerteshar GES» 5-uy. Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi (oldingi Temurbeklar maktabi).

24-fevral soat 14:30 dan 20:30
Sirdaryo viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

25-fevral soat 09:00 dan 19:00 gachaSamarqand viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

26-fevral soat 09:00 dan 13:00 gachaBuxoro va Navoiy viloyatlaridan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

26-fevral soat 14:00 dan 18:00 gachaJizzax viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari nomzodlari uchun – Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi 35-uy, “O‘zbekneftgaz” AJning maʼmuriy binosi majlislar zali.
Mo‘ljal: Yashil bozor ro‘parasi.

27-fevral soat 08:00 dan 13:30 gacha
Qashqadaryo viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

27-fevral soat 13:30 dan 15:45 gachaSurxondaryo viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun

Izoh: Ish beruvchi talabidan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun tanlovlar 2023-yilning mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Nomzodlardan tanlovga “Labor-migration” dasturiy majmuasidan ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi anketa, biometrik (yoki ID-karta) va xorijga chiqish pasportlari bilan kelish talab etiladi.

Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt