Get Mystery Box with random crypto!

#Zakovatdakuch #Uzbekpower 2021-yil 12-dekabr kuni Urganch | ZAKOVAT Urganch

#Zakovatdakuch
#Uzbekpower

2021-yil 12-dekabr kuni Urganch shahar Yoshlar markazida "Yangi O'zbekiston yoshlari forumi–2021" doirasida "Zakovat" intellektual o‘yini Urganch shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyatidagi 13 ta shahar va tumanlarda bir vaqtning o‘zida SINXRON tarzda bo‘lib o‘tgan turnirning Urganch shahar hududiy bosqichida 15 ta jamoa tarkibida 90 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Urganch shahar bosqichi natijalari:
1-o‘rin: "Milliy" jamoasi 13 ochko
2-o‘rin: "Deksa" jamoasi 12 ochko
3-o‘rin: "Genius" jamoasi 10 ochko

Turnir Xorazm "Kelajak liderlari" klubi a`zosi,_Zakovat intellektual klubi Urganch shahar koordinatori Murodbek Otajonov tomonidan olib borildi.

Urganch shahar Zakovat klubi rasmiy telegram kanali:
@Urganch_shahar_Zakovat