Get Mystery Box with random crypto!

Collegium Humanum – Varshava menejment universiteti Andijon fi | Collegium Humanum Uzbekistan

Collegium Humanum – Varshava menejment universiteti Andijon filiali va Andijon viloyat xalq ta'limi boshqarmasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

2022-yil 15-fevral kuni Andijon viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi va Collegium humanum – Varshava menejment universiteti Andijon filiali o'rtasida ta'lim sifatini oshirishda xalqaro tajribadan oqilona foydalanish, maktab bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlarini yanada yaxshilash borasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumda viloyatdagi umumta'lim muassasalarida 2022-yildan boshlab "Varshava sinf"larini tashkil etish, maktab bitiruvchilariga oliy ta'lim muassasasiga kirish imtiyozini beruvchi "Varshava olimpiadalari"ni o'tkazish hamda universitetning tajribali ustozlari ishtirokida master-klass darslarini yo'lga qo'yish kabi istiqbolli rejalarni amalga oshirish belgilangan.
Kelgusi oylarda bir nechta davlat tashkilotlari bilan ta'lim sohasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan.