Get Mystery Box with random crypto!

hujayra.uz

Telegram kanalining logotibi hujayrauz — hujayra.uz H
Telegram kanalining logotibi hujayrauz — hujayra.uz
Kanal manzili: @hujayrauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4.23K
Kanalning ta’rifi

Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi.
Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-15 19:20:18 GMO o'zi nima?

G
eni Modifikatsiyalangan Organizmlar (GMO) haqida eshitgansiz. Aslida GMO nima, nima uchun u paydo bo'ldi, nega aynan shu vaqtda bizga GMO kerak, uning inson salomatligiga ta'siri qanday degan savollar har doim dolzarb bo'lgan.

Modul5 loyihasida aynan "GMO o'zi nima?" mavzusida qisqacha ma'ruza o'qidim. Va u yerda yuqoridagi savollarga javob berishga harakat qildim. Mavzu qiziq bo'lganlarga videoni (atigi 14 daqiqa) tomosha qilishni tavsiya qilaman.





UPD: Video linkini loyiha tashkilotchilari tomonidan vaqtichalik olib turish iltimos qilindi. Qandaydir texnik ishlar tugatilmagan ekan. Ertaga qaytaramiz.

UPD2: Video barcha uchun ochib qo'yildi.

@hujayrauz
3.1K viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2022-08-12 10:43:46 ​​12-avgust Xalqaro fillar kuni

Hajmi va massasiga ko'ra quruqlikda fillarning oldiga tushadigan hayvon yo'q. Fillar xartumlilar turkumi fillar oilasiga mansub bo'lib, ayni vaqtda ularning 2 urug'ga mansub 3 turi mavjud. Ular quyidagilardir:

Osiyo fillari urug'i
1. Osiyo fili (hind fili) Elephas maximus

Afrika fillari urug'i
2. O'rmon fili - Loxodonta cyclotis
3. Savanna fili - Loxodonta africana

Sutemizuvchilar sinfining yo'ldoshlilar kenja sinfiga mansub ushbu hayvonlar boshqa sinfdoshlaridan xartumlarining bo'lishi bilan farqlanadi. Xartum yuqori lab va burunning qo'shilib o'sishidan hosil bo'lgan idioapantatsion o'zgarish mahsuli. Ularning ikkita kurak tishlari o'zgarib fil dandonlari deb nomlanuvchi shakli o'zgargan tishlarni hosil qiladi. Bu tishlar afrika fillari urug'ining barcha vakilalrida bo'ladi, Osiyo filining esa faqat erkaklarida uchraydi. Fillarda qoziq tishlari bo'lmaydi. Oziq tishlari muntazam ravishda o'sib, fil og'zining oldingi tomoniga qarab harakatlanib keladi, 60-70 yoshida oxirgi tishlari tushadi va aksariyat holatda fillar ovqat yeya olmasdan halok bo'ladi.

Fillarning yana bir o'ziga xos jihati bu hayvonlar oyog'ining uchida yuradi! Juda hayratlanarli shunday emasmi?! Fil oyog'ida barmoq suyaklari ostida maxsus yog' xaltachasi bo'ladi va fillar oyog'ini uning ustiga qo'yadi, bu xuddi ayollarning baland poshnali oyoq kiyim kiygandagi holatiga o'xshaydi. Fillar yurganida yerga barmoq suyaklarining uchi tegadi, oyoqning qolgan qismi yog' xaltacha ustida turadi. Xaltacha fil yurganda kengayib oyoq pastki yuzasini kengaytiradi, fillar yurganda ovoz chiqarmaydi.

Fillar deyarli 100% o'simlikxo'r hayvonlar bo'lib, oziqlanishida xartumlari ularning eng muhim yordamchilari hisoblanadi. Filning xartumida 40 000 ga yaqin muskullar joylashgan bo'lib, xartumi orqali fillar o'tlarni, mevalarni, ozuqani olib og'ziga soladi. Suvni ham xartumni yordamida ichadi, xartumiga suv olib og'ziga quyadi. Shu bilan birga xartumi yordami ustiga suv olib sepib cho'miladi. Fil xartumisiz uzoq yashay olmaydi.

Fillar juda aqlli jonivorlar bo'lib, o'zaro taktil sezgilari orqali hamda ultratovush bilan aloqa qiladilar. Osiyo fillari esa vizual xotira ega bo'lib, o'z egasini va uning mimika holatlarini farqlay oladi. Oddiy so'zlarni yaxshi eslab qoladi.

Fillarga oid qiziqarli ma'lumotlar:
fillarning tanasida 326 tadan 351 tagacha suyak bo'ladi;
filning tanasida 400 litr qon bo'ladi;
filning qoni asosan quloqlarida sovutiladi;
fillar umuman sakray olmaydi;
filning yuragi bir daqiqada 30 marotaba uradi.

Fillarning barcha turlari Xalqaro Qizil kitob ga kiritilgan.

@hujayrauz
3.4K views07:43
Ochish/sharhlash
2022-08-11 07:19:21
Bugun ikki ixtiolog Toshkent viloyatining tog‘li hududlari suv havzalarini tekshirgani chiqdik. Suv sovuuuuq, lekin baribir tekshirish kerak.

@hujayrauz
3.0K views04:19
Ochish/sharhlash
2022-08-10 14:10:01
Men "Tabiiy fanlarni o‘qitishda Barqaror rivojlanish maqsadlari" mavzusidagi ma'ruzamni o‘qib forumdagi o‘z ishtirokimni yakunladim. Forum esa o‘z ishini davom ettiradi.

Mening ma'ruzamni youtubeda quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin:




Ajoyib forumda qatnashish ishtirok taklifi uchun Respublika ta'lim markazi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

@hujayrauz
2.7K views11:10
Ochish/sharhlash
2022-08-10 11:09:45
Hurmatli ixtiologlar, ishni soatlarimizni sozlab olishdan boshlaymiz!

Kuni kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan joriy 2022-yilning 8-avgust kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 36 292 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 5-iyul kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 35 kun davomida baliqlar 20 turga boyigan. Umumiy holda 2022-yil boshidan beri jami kashf etilgan yangi baliq turlari soni 198 tani tashkil qiladi.

P.S. yuqoridagi rasmda iyul oyi o'rtalarida Venesuelaning Orinoco daryo havzasidan kashf etilgan sixlidsimonlar (Cichliformes) turkumi sixlidlar (Cichlidae) oilasiga mansub Astronotus mikoljii balig'i tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zookeys jurnalidan o‘qishingiz mumkin.

@hujayrauz
2.3K views08:09
Ochish/sharhlash
2022-08-10 10:11:34
Nanyang Texnologiya Universiteti, Milliy Taʼlim Institutining matematika professori Choy Ban Heng "Singapurning matematika bo‘yicha past ko‘rsatkichdan eng yax-shi ko‘rsatkichga ko‘tarilishidagi yo‘li" haqida ma'ruza qilmoqda.

@hujayrauz
2.1K views07:11
Ochish/sharhlash
2022-08-10 08:24:46
Xalq ta'limi vazirligining so‘nggi vaqtlardagi faoliyati haqidagi videorolik namoyish qilinmoqda.

@hujayrauz
2.0K viewsedited  05:24
Ochish/sharhlash
2022-08-10 08:19:14
UNESCO ning O‘zbekistondagi vakili Sara Nashadi forumda masofadan turib nutq so‘zlamoqda.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 10130 ta maktab bo‘lib, ularda hami 503 ming pedagog ustozlar faoliyat yuritadi. Forum mana shu ustozlarni metodik, pedagogik va didaktik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutgan.

@hujayrauz
1.9K views05:19
Ochish/sharhlash