Get Mystery Box with random crypto!

20-avgust Xalqaro chivinlar kuni Britaniyalik shifokor Ronald | hujayra.uz

20-avgust Xalqaro chivinlar kuni

Britaniyalik shifokor Ronald Ross 1897-yil 20-avgust kuni bezgak parazitini odamlar orasida aynan chivinlar tarqatishini ilk marotaba aniqladi. Shu munosabat bilan 20-avgust Xalqaro chivinlar kuni sifatida belgilangan.

Chivinlar Yer yuzidagi eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bezgak parazitini tarqatadi. Tadqiqotchilar shu vaqtgacha Yer yuzida yashagan odamlarning umumiy soni 117 mlrd bo'lganini qayd etishgan. Boshqa tadqiqotda esa ushbu odamlarning teng yarmi chivinlar tarqatadigan bezgak parazitidan halok bo'lgani aniqlangan.

JSSTning ma'lumotiga ko'ra, 2020-yilda butun dunyoda 241 mln kishi bezgak paraziti bilan og'rigan, shulardan 627 ming kishi vafot etgan.

@hujayrauz