Get Mystery Box with random crypto!

Ayol - eng kuchli ojiza! Sizga aytsam, tubi yo'q dengizga o'xs | ...❤️🕊️

Ayol - eng kuchli ojiza!
Sizga aytsam, tubi yo'q dengizga o'xshaydi, ba'zan u. Sirti sokin oqib turadi-yu, tubida nimalar bo'layotganini bilolmaysiz. Ichidagilarini sezdirmaydi , agar xohlasa. Uncha-muncha dardni pisand qilmaydi uning garchi nozik vujudi. Yo‘lidan chiqguvchi barcha g‘ovlarni, qiyinchiliklarni jim yengishga kuchi yetadi uning. Chunki uning Robbisi bor, ojiza qilib yaratgan bo‘lsada uni bir lahza ham o‘z holiga tashlab qo‘ymaydigan. Yengilmaslikka kuchni shundan olar balki. Kurashadi, qiynaladi, yiqiladi va hech qachon taslim bo‘lmaslikka intiladi. Ba'zan uni qo‘llaguvchi yaqinlarining qo‘llaridan tutishlariga muhtoj bo‘ladi. Ammo hech kim qo‘llaridan tutmasa ham nolimaydi. Ikki qo‘lini bir-biriga birlashtirib ketaveradi...

.


https://t.me/https_tanho