Get Mystery Box with random crypto!

Kirib chiqavermang, sovib ketdi uy, Ochib, yopavermang eshik o | ...❤️🕊️

Kirib chiqavermang, sovib ketdi uy,
Ochib, yopavermang eshik oʻlgurni.
Kiritishgan boʻlsa, bulgʻash kerakmi,
Ollohning dargohi boʻlgan koʻngilni.

Chiqing!
Boraqoling, bayram tugadi,
Muzlab qolmasidan yuragim butkul.
Mening qalb uyimda mehmonlar emas,
Uning egalari qolgani maʼqul.

Rizolik soʻrayman!
Sogʻ-omon boring,
Chiqiboq chalasiz yana bir kuyni.
Bilaman, bugunoq taqillatasiz,
Eshigi koʻringan boshqa bir uyni.

Na chora, uyi yoʻq bir musofirsiz,
Karvonsaroylarda oʻtadi umr.
Eshiklar mayliku, siz hatlab oʻtgan,
Ostonalarga ham tilayman sabr!

Tezroq ketaqoling, boʻling, shoshiling,
Vaqt kerak, supurib olishim uchun.
Bilib boʻlmaydida, bugun uyimning,
Chinakam egasi kelishi mumkin!