Get Mystery Box with random crypto!

Yetuklikka_Intilish

Telegram kanalining logotibi httpjonpolat6164 — Yetuklikka_Intilish Y
Telegram kanalining logotibi httpjonpolat6164 — Yetuklikka_Intilish
Kanal manzili: @httpjonpolat6164
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

Ollohim bersa rahmat, Bermasa hikmat!!!
Murojaat uchun telefonlar;
📞 998 93 294 61 64
☎️ 998 88 007 61 64
Telegram link;
@JONPOLAT6164
Xarajatsiz harakat 0 ga teng:

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-01 22:35:37
#Жума_муборак

Жума куни кимга нимани раво кўрсангиз ўшани юборинг дейишади


Мен сизларга шу жойларга бориб, жума намозларини ўқишликни сўрайман

ЖУМА айёмингиз муборак бўлсин ҚАДРДОНЛАРИМ

https://t.me/httpJONPOLAT6164
6 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, 19:35
Ochish/sharhlash
2022-09-01 10:54:35
#ARXIV.

1991-Yil 31-avgust. Men shu bugundan eʼtiboran 1-sentabrni Jumhuriyatimizda Mustaqillik kuni umumxalq bayrami deb eʼlon qilishni taklif qilaman.

𝗜.𝗔.𝗞𝗔𝗥𝗜𝗠𝗢𝗩 nutqidan.

https://t.me/httpJONPOLAT6164
6 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, 07:54
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:15:22
#TABRIKNOMA

Assalomu alaykum aziz obunachilar!

Bugun 1- sentyabr Mustaqillik kuni.
Ushbu ulugʻ kunda biz 31 yoshga toʻlar ekanmiz.
Ushbu kun munosabati bilan sizlarni hamda oila aʼzolaringizni chin yurakdan muborakbod etamiz.
Sizlarga uzoq umr, sihat - salomatlik, bitmas - tuganmas baxt hamisha yoʻldosh boʻlsin.

https://t.me/httpJONPOLAT6164
6 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, 02:15
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:40:13
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Xozirgina ushbu qisqacha videolavhani oʻzim kuzatib juda xursand boʻldim.

Biz uchun juda yaxshi tanish boʻlgan Shayx Alijon Qori oʻzini farzandlari Abdulloh haqida soʻzlab berdilar. Mashaalloh.

Ul kishi Biz uchun orzu boʻlgan, Paygʻambarimiz Hazratlari Muhammad S.A.V tushlarida koʻrgan ekanlar. Alijon Qori ushbu tush haqida gapirib berganlarida juda yuzlaridan quvonch nuri yogʻilayotganday.

Toʻgʻrida Har bir musulmon odam Birgina Ollohning nazarlariga hamda Paygʻambarimiz Hazratlari Muhammad S.A.V eʼtiborlariga tushishlik uchun qanchadan qancha hayrli ishlar, ezgu amallarni bajaramiz.

Ilohim Olloh taolo shunday kunni bizga ham nasib aylab, Paygʻambarimiz Hazratlari Muhammad S.A.V tushlarimizda koʻraylik. Amin

https://t.me/httpJONPOLAT6164
8 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, 16:40
Ochish/sharhlash
2022-08-22 05:20:03
Assalomu alaykum aziz obunachilar!
Sizga bir qisqa video lavhani namoyish qilishni lozim topdim. Bu lavhani koʻrib ochigʻi taʼsirlandim.
Hayotda biz farzandlar ulgʻaygan sari oʻsishni, koʻtarilishni katta lavozimlarda ishlashni xohlaymiz.
Ammo bir narsani unutib qoʻyamiz.
Ota-onamizni.

Biz insonmiz. Hom sut emgan bandalarmiz. Koʻzimiz yuqoridagi yulduz yoki oyni koʻradi-yu, yonimizdagi jannatiy boʻlgan ota-onamizni koʻrmaydi. Aziz obunachilar! Shunday insonlar boʻlsa, yoki uchratib qolsangiz, ularga shunday dengizlar:
Bu hayotda mansab martaba sendan oldingilardan ham qolgan, sendan va sendan keyingilardan ham qoladi. Lekin shuni unutmaginki, seni qilgan ishing muhim emas, balki, ota-onanga qilgan munosabating muhim. Kimlar uchun bu armon. Keyin kech boʻlib qolmasin azizlar!

Yonimizdagi baxtimizni asrab avaylab, duolarini olib yuraylik.

Eʼtiboringiz uchun rahmat.

https://t.me/httpJONPOLAT6164
17 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, edited  02:20
Ochish/sharhlash
2022-08-18 04:52:17 Ustoz Shifudan 100 ta dars

8-dars Muomuala

Panda!

Dunyo kezib o'zbeklardek xushmuomuala xalqni ko'rmadim.

Nihoyat bugun senga ularning ''Muomuala sirlari'' nomasini o'qib beraman.

Insonlar bilan muloqot qilarkansan, bu darsni yaxshilab o'zlashtirishing kerak.

Panda, kim bilan suhbatlashsang, ko'ziga qarab gaplash.
G'arbda buni ''Eye contact'' deyishadi.
Bizda esa ishonch belgisi.

Tik boqishga uyalsang qoshlarining o'rtasiga qara.
Yoshi katta insonlarga, begona ayollar tik boqma, iymoning saqla.

Tanishmi, notanishmi kimni ko'rsang, avval tabassum qil va doim birinchi bo'lib salom ber.

Panda, bizlarga bejizga 2 ta quloq va bitta og'iz berilmagan.
Bu ko'proq tinglab, kamroq gapirish kerak degani.

Suhbatdoshing kim ekanligiga diqqat qil.
Jiddiy bilan jiddiy, ochiq bilan ochiq gaplash.
Vaziyatga doim suhbatdoshing tarafdan nazar sol.
Aytmoqchi bo'lgan gapingni u tomondan qanday eshitilishini bilsang ko'p narsa yutasan.

Yoshmi, qarimi Siz deb murojaat qil.

Va oxirgi ikkita qoidaga amal qilib yasha:

1-qoida: Va'da berdingmi albatta bajar.

2-qoida: Hech qachon va'da berma.

https://t.me/httpJONPOLAT6164
20 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, 01:52
Ochish/sharhlash
2022-08-18 04:51:58
11 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, 01:51
Ochish/sharhlash
2022-08-14 15:28:09
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar!
Ushbu sizga havola qilayotgan lavhani koʻrib taʼsirlandim. Sababi, inson dunyoga keladi, oʻsadi, ulgʻayadi, lekin, mana shu ulgʻayguncha boʻlgan vaqt ichida koʻp narsa uchun tayyorlanarkanmizu, lekin, oʻzimiz uchun muhim boʻlgan oila uchun tayyor boʻlmas ekanmiz.

Oila qanchalik biz uchun muhim ekani, bizning bu zamindagi borligʻimiz ekani, bizning ikkinchi vatanimiz ekanini bilishimiz kerak.

Lekin, aksariyat insonlar bu ulugʻ neʼmatni qadriga yetkanida kech boʻladi.

Shuning uchun qadrli obunachilar! Olloh taolo biz uchun ulugʻ neʼmat deb bergan oilani qadriga vaqtida yetishni, turmush oʻrtogʻimizni qadrlashni, hurmat qilishni oʻrganmogʻimiz lozim.

Zero, lavhadagi insonni yoshiga yetganimizda, afsuslanib qolmaylik.

Eʼtiboringiz uchun rahmat.

https://t.me/httpJONPOLAT6164
14 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, edited  12:28
Ochish/sharhlash
2022-08-12 03:11:38
Ustoz Shifudan 100 ta dars

7-dars: 3 muhim Inson

Panda!

Hozir aytadigan gaplarim Sening hayotdagi eng muhim qoidangga aylansin.
Bu darsni 25 yil deganda egallaganman.

1. Pulingda baraka yo'qmi, demak otangni norozi qilayapsan.
Xizmatlarini qil, duolarini ol.

2. Jamiyatda obro'yingga putur yetayaptimi, demak onangni norozi qilayapsan.
Tezda ko'ngillarini ol.

3. Ilming ziyoda bo'lmayaptimi, demak Ustozingni norozi qilayapsan.
Hol-ahvol so'ra, aloqangni yaxshila va xizmatiga bel bog'la.

Panda!

Biror kunim yo'qki, ota-onam va Ustozim Ugvey haqlariga duo qilmagan bo'lsam.

Agar ular o'tib ketishgan bo'lsa, nomlaridan ehson, xayr-sadaqa berib, Tilovat qilib duo qil.

Bu 3 insonni hammadan muhim bil.

Shoir bejizga aytmagan:

Dunyoda bor 3 ta do'stim,
Otam, onam, yana allakim.
Uchinchisin aytmoq qiyin ish
Xotinim ham shunchaki tanish.

O'sha uchinchisi Ustoz bo'ladi.
Ustozing Shifu.

Yurakda 4 ta kamera bor.
3 tasida ushbu 3 muhim inson tursin.
Uylansang 4-siga ayolingni joylab qo'yasan.
14 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, edited  00:11
Ochish/sharhlash
2022-08-11 15:09:30
Assalomu alaykum hurmatli obunachilar sizga namoyish qilayotgan ushbu videodagi qahramonimiz juda toʻgʻri hamda aqilli gap aytdi.
Sababi, bizdan fikr soʻrashsa, yaʼni kimningdir oʻrnida boʻlganingda nima qilgan boʻlarding degan savol berishsa, biz oson hamda bu gapga masʼuliyat bilan yondashmasdan unday qilgan boʻlar edim, bunday qilgan boʻlar edim deb javob qaytaramiz. Lekin, hamma oʻz oʻrnini bilsa, zarar qilmaydi.
Shuning uchun bizdan kimdir biron fikr soʻrashsa, biz uni oʻrniga oʻzimizni qoʻyib koʻrib, har bir vaziyatga masʼuliyat bilan qarashimiz lozim.

https://t.me/httpJONPOLAT6164
13 views𝑷𝑶𝑳𝑨𝑻 𝑨𝑳𝑬𝑴𝑫𝑨𝑹, edited  12:09
Ochish/sharhlash