Get Mystery Box with random crypto!

#ibrat Hammamizga bilishimiz kerak bo'lgan savollarga javobla | Hotamun 🌼

#ibrat

Hammamizga bilishimiz kerak bo'lgan savollarga javoblar!

1. Qur'onning ma'nosi nima?
Qiroat, o'qish.
2 Dastlabki tushgan joyi?
Makka, Xiro g'ori.
3. Dastlabki tushgan kuni?
Qodir kuni.
4. U kimning so'zi?
Allohning.
5. Qur'onni keltirgan farishtaning nomi nima?
Jabroil (a.s).
6. Uni birinchi bo'lib o'qigan odam kim?
Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v).
7. Qur'onni har bir harfini to qiyomatga qadar qo'riqlovchi kim?
Alloh.
8. Uni qanday ushlash kerak?
Tahoratli holda.
9. Qur'onda Qur'onni qanday nomlar bilan zikr etilgan?
Al-Furkan, Al-Kitob, Al-Zikr, Al-Nur, Al-Xudo.
10. Makkada nechta sura tushgan?
86 ta.
11. Madinada nechta sura tushgan?
28 ta.
12. Qancha poradan iborat?
30 ta pora.
13. Qancha sura bor?
114 ta.
14. Qancha oyat bor?
6 ming 236 ta
15. Qur'onda Allohning nomi nechta marta berilgan?
2 ming 698 marta.
16. Namoz haqida necha marta aytilgan?
700 marta.
17. Muhammad (s.a.v) qanday nom bilan nomlangan?
Sof surasining 6- oyatida, Ahmad degan nom bilan nomlangan.
18. Payg'ambarimizning ismi necha marta nomlangan?
Muhammad (s.a.v) - 4 marta, Ahmad Ahmad (s.a.v) -1 marta.
19. Eng ko'p qaysi payg'ambarning nomi aytilgan?
Payg‘ambar Muso (a.s) ning.
20. Qur'on oyatlarini dastlab kim sanab chiqqan?
Halima onamiz.
21. Eng dastlabki va tarixiy masjid qaysi?
Ka'ba!
22. Qaysi payg'ambarni onasining ismi bilan qo'shib chaqirilgan?
Payg‘ambar Iso (a.s) Mariyam o'g'li.
23. Qur'onda alohida eslatilgan kun nomi.
Qiyomat kuni.
24 Eng uzun sura qaysi?
Baqara surasi.
2 . Eng qisqa sura qaysi?
Kavsar surasi.
26. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga Jabroil farishta Qur'onni ilk bor keltirgan vaqtda u zotning yoshlari nechada edi?
40 yoshda.
27. Payg'ambarimiz Makkada necha yil payg'ambar bo'lganlar?
13 yil.
28. U zot Madinada necha yil payg'ambar bo'lib turdilar?
10 yil.
29. Qur'oni Karimning nozil bo'lishi?
22 yilu, 5 oy, 14 kun.
30. Qaysi sura namozning har bir rakatida o'qiladi?
Fotixa.
31. Alloh Taolo duo o'rnida o'qishga lozim ko'rgan suraning nomi qaysi?
Fotixa.
32. Eng birinchi sura?
Fotixa.
33. Qur'onda nomi aytilgan yolg'iz ayol?
Mariyam (a.s).
34. Qaysi surada Bismillah so'zi 2 marta aytilgan?
Naml surasida.
35. Qur'onda payg'ambarlarning nomi bilan nomlangan qancha sura bor?
6 ta Ular: Yunus, Xud, Yusuf, Ibrohim, Nuh, Muhammad surasi.
36. Qur'onda Allohning qancha nomi aytilgan?
99 ta.
37. Qur'onda boylik haqida nima aytilgan?
Odam imonining sinovi.
38. Qur'onda nomlangan masjidlar nechta?
5 ta. Ular: Masjid ul- Xaram, Masjid ul- Zirar, Masjid ul- Nabavi, Masjid ul-Aksa, Masjid ul- Kuba.
39. Qur'onda nomi aytilgan va 3- avlod payg'ambarining nomi?
Ibrohim (a.s).
40. Nomi aytilgan farishtalar?
Jabroil, Mikayl, Xarut, Marut.

@Hotamun | Jannat sari bir qadam