Get Mystery Box with random crypto!

Homiladorlik Onalik Ginekologiya

Telegram kanalining logotibi homiladorlik_onalik_ginekalogiya — Homiladorlik Onalik Ginekologiya
Kanaldagi mavzular:
Кўринг
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.79K
Kanalning ta’rifi

SAVOLLAR U.N 👉 @Ayollar_salomatligi
RASMIY KANALMIZGA AZO BOLING
👉 @Ginekologiya
INSTAGRAM
👉 https://www.instagram.com/ginekologiya_uz
Rasmiy bot👉 @Soglom_Oilabot
Erkaklar salomatligi: @Urologiya_Uz
Takliflar uchun👉 @Ginekologiya_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 418

2022-04-21 18:31:14
Аёл ва кизларимиз учун модалар олами!
Энг чиройли ва дахшат узингизга ярашадиган фасонларни бизнинг каналдан топасиз

Энг катта МОДАЛАР канали

https://telegram.me/joinchat/AAAAAD0sZx2Pdg_TiRrPFQ
2.2K views15:31
Ochish/sharhlash
2022-04-21 11:11:59
Homila atrofidagi suvdan icha boshlaganda, uni hiqichoq tutadi. Homilador ayol bu holatni ritmik titrashga o'xshash harakatlardan anglasa bo'ladi.

#fakt

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya
3.5K viewsedited  08:11
Ochish/sharhlash
2022-04-21 11:11:59
Bolalarning toza havoda sayr qilishi qanchlik muhum.
Ko’pchilik ota onalar bolalarni sayr qildirishga unchalik ham ahamyat berishmaydi. Vaholanki kunda 2 marta bolani sayrga olib chiqish bola sog’lig’i uchun juda muhim. Bugun sayrning bola salomatligiga ahamiyatlari haqida gaplashamiz.

Toza havodagi sayr bolaning:

imunitetini ko’taradi
salomatligini mustahkamlaydi
ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Toza havoda sayr organizmda modda almashinuvini tezlashtiradi. Natijada bolaning ishtaxasi ochilib, ovqat yeyishi yaxshilanadi. Ishtaxasi yo’q bolalarni ovqatlanishdan 20-30 daqiqa sayrga olib chiqish tavsiya etiladi.
Bolani toza havoga sayrga olib chiqish imunitetni mustahkamlashga sabab bo’ladi. Natijada shamollash va gripp havfi sezilarli darajada kamayadi.
Sayrga har kuni, har qanday ob havoda olib chiqish kerak. Sayr vaqti esa ob havo sharoyitiga moslab belgilanadi.

  @Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya
3.4K views08:11
Ochish/sharhlash
2022-04-21 10:20:48
ФАКАТ АЁЛ ВА КИЗЛАР УЧУН уйдан чикмай кунига . мингдан . мингача пул топинг.

Иш вакти: Кунига 2 - 3 соат.
Бизда хеч кандай алдов йок

Пул тикмасдан уйдан чикмасдан туриб ишлашни хохласез

Ойига - Млн ойлик олишни хохласез

Маълумот учун

@unknown8949
3.0K views07:20
Ochish/sharhlash
2022-04-21 06:57:55 Farzandiga Muhammad deb ism qo'yayotganlar ogoh bo'ling!

"XOJI OTA" jome masjidi imom xatibi Ochildi domla!

Ohirigacha tinglang

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya
4.7K views03:57
Ochish/sharhlash
2022-04-21 06:57:54 Muhammad ismi haqida

Albatta o'z yaqinlaringizga ham ulashing.

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya
3.9K views03:57
Ochish/sharhlash
2022-04-21 06:57:38Homiladorlik paytidagi ko'krakni parvarishi: 5 muhim qoida

Mutaxassislar homiladorlik paytida ko'krak terisini parvarish qilish uchun krem ​​va moylarni qanday tanlash kerakligi, kremlarning tarkibida nimalardan saqlanish kerakligi haqida aytib berishdi.

Homiladorlik paytida cho’zilish belgilarni oldini olish uchun krem ​​va moylardan foydalaning
Qizlar bu davrda o'z tanalariga ko'proq e'tibor berishlari kerakligini bilishadi, ammo homiladorlik paytida ko'kraklarini qanday parvarish qilishni hamma ham yaxshi bilmaydi. Asosiy tavsiya – cho’zilish belgilarni oldini olish uchun vositalardan foydalanish.

Ko'krakni parvarish qilish vositasidan faqat bittasini tanlab, uni butun homiladorlik paytida ishlatishda davom eting
Homiladorlik paytida teri yanada nozik va sezgir bo'ladi. Kosmetik vositalar bilan tajriba qilish – bu katta xató hisoblanadi. Teringiz yuqori sezuvchan va reaktiv bo’lsa, "sezgir teri uchun" va "gipoallergen formulasi" belgilari bor vositalarga e'tibor bering.

Kosmetik vositalar tarkibida kislota yo’qligiga ishonch hosil qiling
Kosmetik vositalar tarkibidagi kislotalar homila uchun zararli ta'sir ko'rsatmaydi. Biroq, bu terining qichishiga olib keladi va terini quyoshga sezgir qilib qo’yishi mumkin. Yoz kunlari esa, albatta, tarkibida SPF (quyosh nurlaridan saqlaydigan) bor vositalardan foydalaning.

Retinoid kosmetik vositalaridan saqlaning
Bular retinol (A vitamini) ning hosilalari. Retinoidlar homila rivojlanishiga xalaqit berishi mumkinligini tasdiqlovchi tadqiqotlar mavjud. Shuning uchun dermatologlar homiladorlik paytida qizlarga retinoidlardan foydalanishni tavsiya etmaydi. Bu tabiiy (retinol, retinol palmitat, retinaldegid) va sintetik (tretinoin, izotretinoin) retinoidlarga ham tegishli.

Hidsiz vositalarni tanlang
O'tkir hidli kremlardan, dush uchun gellaridan va boshqa vositalardan saqlaning. Ko'pincha ular tarkibida tanada allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradigan efir moylari mavjud.

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya
3.2K views03:57
Ochish/sharhlash
2022-04-21 06:57:07Homiladorlik paytida 10 ta taqiq

“Tibbiyotda va ayniqsa, akusherlikda qat’iy taqiq qo’yish kamdan-kam uchraydi. Ammo homiladorlik paytida cheklash yaxshiroq bo'lgan narsalar mavjud. Agar siz o'zingizni homiladorligingizni bilishdan oldin ushbu taqiqlardan birini buzgan bo'lsangiz, havotirga o’rin yo’q, shunchaki shifokorga ko’rinib keling.”

1) Antibiotiklar va boshqa dori vositalari
Antibiotiklar va dori - darmonlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi - ular tug'ma anomaliyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Hech qachon o’z - o'zingizni davolamang. Agar siz shunchaki shamollab qolsangiz ham, darhol shifokorga boring.

2) Ekstremal sport turlari
Ekstremal sport turlari bilan shug'ullanmasligingiz ma’qul: suvga sho'ng'ish, tog ' chang'isida uchish, parashyutdan sakrash – shikastlanish va hatto homilani yo'qotish ehtimoli katta.

3) O'simlik preparatlari
Dastorbosh, dalachoy, aloe, arpabodiyon, chinnigullar, kalendula, sebarga, shuvoq, senna kabi o'tlar homila tushishini olib kelishi mumkin.

4) Kosmetologiya
Kosmetologiya protseduralari tavsiya etilmaydi. Mezoterapiyadan, botoks in'ektsiyasidan va fotoepilyatsiyadan bosh tortganingiz ma'qul, buni natijasini oldindan aytib bo'lmaydi.

5) Vanna va sauna
Homilani haddan tashqari qizdirib yubormang. Homiladorlik paytida rus hammomida yoki saunasida bo’lish –yaxshi g'oya emas, ayniqsa, siz ilgari u yerda bo'lmagan bo'lsangiz.

6) Go'sht va baliq
Restoranlarda ovqat tanlashda va oziq-ovqat xarid qilishda ehtiyot bo'ling. Yaxshi pishirilmagan go'sht, baliq, dengiz mahsulotlarida xavfli parazitlar mavjud bo’lishi mumkin.

7) Sayohat
Agar sizda plasental taqdimot (yo’ldoshning past joylashishi) bo’lsa yoki istimik-servikal yetishmovchilik bo'lsa (bachadon bo'yni erta kengayishi), homiladorlik paytida parvozlar taqiqlanadi. Agar siz sog'lom bo'lsangiz, tug'ilish xavfi tufayli 36-haftadan boshlab parvoz taqiqlanadi: aviakompaniyalar sizni bortga chiqarmaydi.

8) Yuqumli kasalliklar
Chechak va qizilcha kabi bolalar kasalliklari bilan kasallanish xavfli. Shuning uchun bolalar ko'p bo'lgan joylarda (bolalar bog'chalari, maktablar) kamroq vaqt sarflashingizni maslahat beramiz.

9) Spirtli ichimliklar
Spirtli ichimliklarni muntazam ravishda va katta dozalarda iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. 21-haftagacha esa, organogenez (embrional rivojlanish jarayonida organlarning shakllanishi) tugamaguncha, alkogolli ichimliklarni umuman unutgan ma'qul.

10) Chekish
Chekish feto-plasentar yetishmovchiligini rivojlanish xavfini keltirib chiqaradi, natijada homilaning o'sishi sustlashadi va muddatidan oldin tug’ish xavfi kuchayadi.

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya
2.9K views03:57
Ochish/sharhlash
2022-04-21 06:57:07 Qanday qilib tezda homilador bo'lish mumkin? Shifokorlar javob berishadi

Biz hammamiz bilamizki, homiladorlik ovulyatsiya paytida sodir bo'ladi, ya'ni tuxum hujayra follikulani tark etganda - bu hayz siklining 12-15 kuniga to’g’ri keladi. Ammo, aslida, bu oltinchi yoki hatto 22-kuni sodir bo'lishi ham mumkin. Buni homiladorlikni rejalashtirishda albatta hisobga olish kerak.
Ovulyatsiyani sezish mumkin: ba'zi ayollarda qorin bo'shlig'i ostidagi yengil tortishish og'riqlari va bezovtalik bo’lishi mumkin, ammo siz hech qanday alomat sezmasangiz ham, bu holat normal xisoblanadi. Biroq, faqat ovulyatsiyani kuzatish bulan urug’latirishni tezlashtirish juda qiyin: homilador bo'lish uchun yana bir qator qoidalarga amal qilishingiz kerak.

Nima qilish kerak?
Yomon odatlardan voz keching
Bu homiladorlikni rejalashtirishning birinchi bosqichi, erkaklar va ayollar uchun ham bir xil ahamiyatga ega bosqich. Spirtli ichimliklarni iste'mol qilish spermatogenezga bevosita ta'sir qiladi, spermatogenez esa o'z navbatida 72 kunni tashkil qiladi. Afsuski, ayolning tuxum hujayrasiga atrof-muhitning barcha omillari butun hayot davomida ta'sir qiladi - 2-3 oy ichida chekishni va spirtli ichimliklarni tashlash tez homilador bo'lishiga yordam bermaydi.
Ammo, yomon odatlardan baribir voz kechish kerak: chekishning o’zi homiladorlik davrini og'irlashtirishi va homila tushishi, muzlagan homila va tug'ma patologiyalar paydo bo'lishi ehtimolini oshirishi mumkin.

Vitaminlarni iste'mol qilishni boshlang
Har bir aniq juftlikka homiladorlikka tayyorgarlik ko'rish uchun vitaminlarning individual ro'yxati tuziladi. Biron bir dori-darmonlarni o'zingizdan o’zingiz ichmang - shifokor bilan maslaxatlashingiz kerak. Shifokor maslaxati - bu homiladorlikni rejalashtirayotganlarga albatta kerak bo’lgan narsa.

Tibbiy ko’rikdan o'ting
Bu homiladorlikni rejalashtirishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Nafaqat ayol, balki erkak ham o’zini tekshirishi kerak, shunda hammasi faqatgina homilador bo’lish bilan emas, balki sog'lom bola tug'ilishi bilan tugaydi.

Ovulyatsiya testini sotib oling
Agar hayz siklingiz tartibsiz bo'lsa, ovulyatsiyani kuzatishingiz kerak bo’ladi. Ammo tuxumdonlar funktsiyalari buzilgan ayollarda ovulyatsiya umuman bo'lmasligi yoki siklning turli kunlariga tushishi mumkin. Bunday holda, ushbu buzilishning sababi nima ekanligini va undan kelib chiqqan holda, qaysi kunlarda harakat qilishni aniqlashtirish kerak.

Nima qilmaganingiz ma’qul?
• Oziq-ovqat mahsuloti urug’lantirishga ta'sir qilishiga ishonmang
• Ba'zi bir “pozalarga” ishonmang – ular jarayonning tezlashishiga hech qanday ta'sir qilmaydi
• Bazal haroratni o'lchamang - bu usul eskirgan va hech qanday foyda keltirmaydi
Va shuni esingizda tuting, muntazam jinsiy faoliyat har kuni emas, haftada 2-3 marta bo'lishini unutmang. Undan tashqari, bir-ikki oy urinib ko’rib, keyin Internetdagi ma'lumotlarni o’qib, o'zingizga tashxis qo’yib yurmang.

Homilador bo’lish – bu siz aytgan payt sodir bo’ladigan narsa emas, sabrli bo’ling!

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya
2.8K views03:57
Ochish/sharhlash
2022-04-21 06:56:43
Оёқдаги қийшайишни тўғрилаш учун Фиксатор.
Натижаси 1 ойда сезилади

Бош бармоғини ва бўғинини текислайди
Оғриқ ва шишишни енгиллаштиради.
Оёқнинг табиий ҳаракатчанлигини сақлайди
Кечаю кундуз кийиш учун мўлжалланган

Valufix Германиядаги Фраунҳофер институтининг Олимлари ва этакчи немис ортопедия шифокорларининг биргаликдаги саъй-ҳаракатлари билан яратилган маҳсулотдир. Valufix оёқ биомеханикасининг барча жиҳатларини ҳисобга олади.

Хозирда 50% чегирма
147 000 сўм

Тўлов маҳсулотни қўлингизга олганда қиласиз.
ЎЗБЕКИСТОН БЎЙЛАБ ЕТКАЗИШ #БЕПУЛ!
2.4K views03:56
Ochish/sharhlash