Get Mystery Box with random crypto!

Hazrati Mavlono deydiki: Koʻngil dunyongda Allohni topgan boʻ | 𝑯𝒊𝒋𝒐𝒃𝒍𝒊𝒈𝒊𝒎𝒖𝒛 🌙

Hazrati Mavlono deydiki:

Koʻngil dunyongda Allohni topgan boʻlsang, oʻlim ham goʻzaldir, umr ham...

Agar qalbingni Robbing ismlari ila ziynatlagan boʻlsang, nafas olmoq ham goʻzaldir, chiqarmoq ham...

Yoʻling Haq yoʻli boʻlsa, yugurmoq ham goʻzaldir, yurmoq ham..

Pir (ustod)ing boʻlsa, Alloh ishqi bilan yonmoq ham goʻzaldir, tutamoq ham...

Hazrati Ibrohim alayhi salom kabi Rabbingga taslim boʻldingmi, otashga otilsang-da, gul boʻlmoq ham goʻzaldir, kul boʻlmoq ham...