Get Mystery Box with random crypto!

#izohsiz – Yigit: «Ayolim ilmli bo‘lsin», deydi. Qiz: «Haloli | 💙بلدي البحر

#izohsiz

– Yigit: «Ayolim ilmli bo‘lsin», deydi.
Qiz: «Halolim ilmli bo‘lsin», deydi. Lekin hech kim ilm olay demaydi...

– «Dunyo foniy» deydi, biror narsaga erisholmay qolsa, siqilaverib yuragi kasal bo‘ladi...

– «Onamni yaxshi ko‘raman» deydi. Onasi ish buyursa «uff» dan boshlab, «uff»da tugatadi...

– «Vaqtim yo‘q», deydi, 5 daqiqadan keyin qarasa, bekorchilik bilan «shaytonni» xursand qilayotgan bo‘ladi...

– «Falonchini yaxshi ko‘raman» deydi, ammo qachon oxirgi marotaba haqqiga duo qilib, holini so‘raganini eslolmaydi...

– «Xotimam chiroyli bo‘lsin» deydi, ammo tahoratsiz uyquga ketadi...

– "Alloh va Rasulini yaxshi ko‘raman" deydi, ammo farz va sunnatlarga e’tiborsiz yashaydi...

O‘sha deydigan kimlar, bilasizmi?
Men, siz va atrofimizdagilar...

@hayotnoma_5