Toshkentdagi kokteyllar boʻyicha kichik bir qoʻllanma tuzib ch | HAYOT media
Toshkentdagi kokteyllar boʻyicha kichik bir qoʻllanma tuzib chiqdik. Skrinshot qiling, doʻstlaringiz bilan ulashing
1. Bumblebee
Qisqacha: apelsin sharbati, espresso (yoki amerikano), karamel siropi va muzdan iborat qatlamli sovuq qahva kokteyli
Qayerdan topish mumkin: ECORN Coffee & Bakery
Manzil: Mirobod koʻchasi, 12-uy
2. Olma va sabzili fresh
Qisqacha: vitamin va minerallarga to‘yingan ichimlik
Qayerdan topish mumkin: BookCafe
Manzil: Istiqbol koʻchasi, 8-uy
3. Zanjabilli muzdek choy
Qisqacha: agar siz shunchaki tetiklashib olish uchun emas, immunitetingizni ushlab turish va hatto, ozishni xohlasangiz – bu ichimlik siz uchun maxsus
Qayerdan topish mumkin: Zeyn’s Coffee & Ice
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 88-uy
4. Vasser kivi
Qisqacha: kivi, ananas va muzli suv
Qayerdan topish mumkin: Breadly Bakery
Manzil: Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 25-uy
5. Espresso-tonik
Qisqacha: tetiklashtiruvchi tonik va kuchli espressoning ajoyib uygʻunligi
Qayerdan topish mumkin: Chaykof
Manzil: Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 24-uy
6. Sorbet
Qisqacha: mevalardan tayyorlanuvchi salqin, tetiklashtiruvchi ichimlik
Qayerdan topish mumkin: Socials Cafe
Manzil: Taras Shevchenko koʻchasi, 36а-uy
7. Iced Mocha
Qisqacha: qahvaning yoqimli hidini to‘ldirib turadigan qaymoq va shokoladning klassik uygʻunligi
Qayerdan topish mumkin: Gloria Jean’s Coffees
Manzil: Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 7-8-uy