Get Mystery Box with random crypto!

TIRIK CHOGʻI OTA-ONANGIZ... Botmasinlar gʻurbat komiga, Yasha | Hayotiy satrlar🖍

TIRIK CHOGʻI OTA-ONANGIZ...

Botmasinlar gʻurbat komiga,
Yashamaydi oʻzin gʻamida,
Davlatim deng, siz eng kamida,
Tirik chogʻi ota-onangiz...

Keksayganda kuniga yarang,
Mehr berib parvona qarang,
Har kun kelib holini soʻrang,
Tirik chogʻi ota-onangiz...

Yoʻlingizni intiq kutmasin,
Azob bilan kuni oʻtmasin,
Koʻz yoshlarin ichga yutmasin,
Tirik chogʻi ota-onangiz..

Yuzlariga yuzingiz qoʻying,
Muhabbatu hidiga toʻying,
Hammadan ham ortiqroq suying,
Tirik chogʻi ota-onangiz...

Gʻurbatlarga tashlamang koʻmib,
Koʻzin mangu olmasdan yumib,
Oʻylamang koʻp xayolga choʻmib,
Tirik chogʻi ota-onangiz...

Duosidan oling katta kuch,
Boʻlmasidan desangizlar kech,
Ulgʻaytirgan, unutmanglar hech,
Tirik chogʻi ota-onangiz...

MARXABO KARIMOVA

@hayotiy_satrlar1k