Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz(lar) qayerda? To‘g‘ri ustoz tanlash qanchalar ahamiyatl | A. YUSUPOV

Ustoz(lar) qayerda?

To‘g‘ri ustoz tanlash qanchalar ahamiyatli bo‘lsa, to‘g‘ri joy ham shu qadar muhim!

1. Katta kompaniyaga shoshilma! Katta kompaniyani kichik qismi bo‘lgandan, kichik biznesni katta qismi bo‘lgan yaxshi. Biznesga yuqoridan qaray boshlaysan. Biznes faqat marketing, menejment, moliya emas, undan ancha kattaligini tushunasan.

2. Kichik korxonada ishchidek emas, biznes egasidek fikrlashni o‘rganasan, katta davralar, muzokaralarda bo‘lasan. Shaxmat o‘yinida piyoda emas, farzin bo‘lasan. Birga o‘sasan.

3. O‘sayotgan joyga bor, o‘sayotgan biznesda o‘sayotgan jamoa bo‘ladi. Muhit katta rol o‘ynaydi. Yugurishdan boshqa ilojing qolmaydi.

4. Biznesmenlar "sizga shogird tushsam ko‘p narsa o‘rganaman, keyin biznes boshlayman, meni shogird qilsangiz afsuslanmaysiz" kabi gaplardan zerikkan. Ularga ajralib turadigan, kerakli gaplar kerak.

5. Kompaniyani biznes egasini yaxshi deb bilganing uchungina tanlama, sen o‘zingni qaysi sohada ko‘rasan? Kelajakda qanday biznes qilmoqchisan? Shular ham mos kelishi kerak. O‘zing qiziqmagan sohada hech nima bera olmaysan.

Qayerga borsang ham bir narsani unutma! Seni unib o‘sishing o‘zingga bog‘liq, olaman deb emas, beraman deb bor. Kun kelib ishdan ketsang ham yaxshi xotiralar bilan eslashsin.

Abduqodir Yusupov fikri:
@hayotiy_galaba