Get Mystery Box with random crypto!

#maxsus Mening onam bor! Onalar haqida yozmoqchi bo'ldim, Le | A. YUSUPOV

#maxsus

Mening onam bor!

Onalar haqida yozmoqchi bo'ldim,
Lekin ojiz ekan hali qalamim.
Yozdimu o'chirdim, yozdim o'chirdim,
Oq qog'ozdan oldim go'yo alamim.

Onajonim sizni ta'riflash uchun,
Bisotimda kamlik qilar so'zlarim.
Shuning uchun ta'riflab emas,
O'zimni aylab yozish ko'zladim.

Esimda "Egalik quliman" derdingiz,
Xotiramda qolgan aytgan so'zingiz.
Vaqtni aylanib kelishin qarang,
Egalik qul xozir sizning qizingiz.

Ishga deb chopaman, uyga chopaman,
Uy-ro'zg'or, bolalar - tashvishlar serob.
Kunlar o'tishin sezmay qolaman,
Qachon sizni ko'rdim, qilaman xisob.

Bemexr o'g'ilmanmi? Aslo onajon!
Qalbim mexr bilan limmo-lim.
Oq-sutingiz bilan bergan mexringiz,
To'ldirgan yuragim, vujudim, qonim.

Ko'p bo'lmadi bir yaqin do'stimning,
Yoshguna onasi to'satdan o'tdi.
Onamlab zor qaqshab qolgan do'stim,
Dildagi gaplarin bizlarga to'kdi.

Bemalol kelmasdim onam borida,
Onam abadiydek ko'nglim edi to'q.
Kechgacha o'tirsam bo'lmas edimi?
Endi afsuslardan hech bir foyda yo'q.

Do'stim so'zlari ochdi ko'zimni,
Menchi, nima qildim siz uchun ona?
Ayblarim yozsam qog'ozim to'ldi,
Essiz, qancha vaqtni yo'qotibmana.

Bir yilda bir marta kafega boshlab,
Bir sokin go'shada suxbat quribman.
Tutib qo'lingizga taomnomani
"Ona tanlang! Nima yeysiz" demapman.

O'tgan hafta do'stlarim bilan,
Kecha qo'shnilarim, bugun oilam.
Bariga vaqt topdim, lekin yodimda yo'q,
Qachon xursand qildim volidam.

Boshingizga qo'ngan oppoq qirovda,
Mening ham hissam bor munis azizam.
Peshonangizdagi ajinlar so'zlar,
Bizni deb tortgansiz qancha g'am, alam.

Yilda ikki bayram - ikki xayitda
Boshingizga ro'mol olib boribman.
Ex nodon o'g'il! O'zim oxirlik ko'ylak,
Va yangi poyabzal kiyib olibman.

Nega tiktirmadim sizga xarirdan,
Yoki pombarxitdan sipo bir libos?
Nimaga olmadim bitta poyabzal,
Ko'ylagingiz rangiga qilib rangi mos?

Bolamga bozordan kiyim olgan,
Deyman, "Onamga ham olaman shu gal".
Yo vaqtim qolmaydi va yoki pulim,"Xa mayli, olaman keyingi safar".

Keyingi safar ko'payib ketdi,
Qachon keladi shu keyingi safar?
Yo Alloh. Madad ber, ko'nglini olay.
Onam oxiratga qilmasdan safar.

Xali ham fursat bor. Quyoshim Onam,
Ko'nglizni olay, bering bir imkon.
Kun kelib, bir kuni sizni yo'qotib,
So'ngra afsus qilmay aziz Onajon.

Bir kun teatrga olib boraman,
Bir kun favvotaga olib borsamchi..?
Baxri dillaringiz ochilarmidi,
Tog'larga, bog'larga olib chiqsamchi..?

Yuring aylantiray ulug ayyomda,
Ko'nglingiz nimani istar, tutayin.
Osmondagi oymi, yoki ko'kdagi yulduz,
Olib poyingizga barin tikayin.

Abduqodir Yusupov blog post:
@hayotiy_galaba