Get Mystery Box with random crypto!

Nega bo‘ysunishi kerak? O‘rta va top menejer, rahbarlardan ko | A. YUSUPOV

Nega bo‘ysunishi kerak?

O‘rta va top menejer, rahbarlardan ko‘p eshitadigan gapim "xodimlar bo‘ysunishmayapti".

Do‘ppini bir chetga qo‘yib, yaxshilab o‘ylab, teskari savol berib ko‘raylik: "Nega o‘zi bo‘ysunishi kerak?" Biz esimizni tanibmiz-ki, rahbarlarga xodimlar bo‘ysunishini tabiiy va hayot qonunidek qabul qilib kelganmiz, lekin bunda qanday mantiq bor? Yakka hokimlikka asoslanmagan boshqaruvda qanday bo‘lishi kerak?

Nega xodim menejerining aytganini qilmaydi?

1. Ishxonada eng bekorchi odam bu top menejer va biznesmen. Ular bir kun ishga kelmasa ham hech nima o‘zgarmaydi. Aniq bir tayinli vazifa bajarishmaydi ham, lekin hammadan ko‘p daromad topishadi, nega?

2. Rahbarlar hech kim ko‘tara olmaydigan masʼuliyatni olishadi — bu qaror qabul qilish. Ishda biror muammo chiqsa boshlig‘imiz yo‘q bo‘lsa ham telefon qilib yechim so‘raymiz, javobgarlikdan qo‘rqib, biz uchun masʼuliyatni olishlarini istaymiz.

3. Ishda har qanday xodim muammoga duch keladi, demak, to‘g‘ri qaror kerak, to‘g‘ri qaror esa rahbarda. Shunday ekan har qanday ishchini rahbarga ehtiyoji bor, ammo qanday rahbarga? Bilimli rahbarga!

4. Aqlli xodimga doim javob kerak, u qilayotgan ishini nima uchun qilayotganini tushunishni xohlaydi, bu rahbar tomonidan “nega” degan savolga javob talab qiladi. Bilimsiz boshliq esa tushuntirib bera olmaydi, shu sabab ular aqlli ishchilarni yoqtirishmaydi.

5. To‘g‘ri yechim bera oladigan rahbar bo‘lishni birdan bir yo‘li — bilimli lider bo‘lish. Bilimsiz liderga odamlarning ehtiyoji yo‘q, undan ko‘ra ishchilar o‘zi yaxshi yechim bera oladi. Ehtiyoji bo‘lmagan boshliqqa hech kim bo‘ysunishni istamaydi.

6. Ishxonalarda muammo xodimlar ishini tushunmaydigan menejerlar ularga nima qilishni buyurishida, o‘zlarini o‘qimishli, lavozimi baland hisoblab, quyi xodimlar bilan gaplashishni, ularni eshitishni xohlashmaydi. Vaholanki, oddiy ishchilar ulardan ko‘ra ishni yaxshiroq tushunadilar.

7. Demak, rahbar uchun eng muhim "skill" — bu to‘g‘ri qaror qabul qila olish. To‘g‘ri qaror esa kamtarlik, chuqur bilim, xodimlarni eshita olish, doimiy o‘rganishdan kelib chiqadi.

Agar siz lavozim oshganda o‘zgartirish qilishni, vakolat berilganda hammani bo‘ysundirishni o‘ylasangiz, adashasiz. Siz xohlagan narsa berilsa ham natija qila olmaysiz. Lavozimingiz sabab qaysidir xodimlar sizga bo‘ysunar, ammo aqlli xodim kursingiz uchun sizni hurmat qilmaydi!

Abduqodir Yusupov fikri:
@hayotiy_galaba