Get Mystery Box with random crypto!

Endi she’r yozmayman unga bag’ishlab, Endi xayolini o’ylab yig | Jahongir Tojiyev | shaxsiy blog

Endi she’r yozmayman unga bag’ishlab,
Endi xayolini o’ylab yig’layman.
Ana, qorli kecha – oppoq farishta,
Bo’salar olmoqda aziz manglaydan.

Endi maktublar ham bitmayman – tamom!
Zanjirband qilaman telba qayg’uni.
Ana, qorli kecha – to’zg’igan shayton,
Olib ketmoqdadir quchoqlab uni.

Nahot, qachonlardir chiqadi quyosh,
Nurga yo’g’riladi bu sovuq dunyo?
Endi bu hayotim ketguncha bardosh,
Endi bu hayotim meniki tanho...

Usmon Azim.