Get Mystery Box with random crypto!

Hayot deganlari... (mitti hikoya) — Nima o‘qiyapsiz?  — Roma | HAYOT DEGANLARI...

Hayot deganlari...
(mitti hikoya)

— Nima o‘qiyapsiz? 
— Roman.
— Nomi nima? 
— Hayot.
— Nima haqida?
— Hayot haqida.
— Masalan?! 
— Masalan: o‘ylar, tuyg‘ular, sezimlar, xayollar, orzular, kulgilar, mazaxlar, iztiroblar, sitamlar, og‘riqlar, andishalar va yana ko'p narsalar haqida.
— Hmmm... Hayot deganlari shulardan iboratmi?
— Koshki faqat shulardan iborat bo'lsa...
— Bular bir romanga ko‘plik qilmaydimi?
— Ehtimol... Ammo bir hayotga kamlik qiladi...

Мa'rufjon Yo'ldoshev

@kitobxonam