Get Mystery Box with random crypto!

SOG‘INDIM DEB AYT Kimnidur sog‘insang sog‘indim deb ayt Toki | 💞🅗🅐🅨🅞🅣 🅢🅐🅗🅘🅕🅐🅜💞

SOG‘INDIM DEB AYT

Kimnidur sog‘insang sog‘indim deb ayt
Toki u umurbod armon bo‘lmasin
Voz kechma gar sevsang bu yo‘lingdan qayt
Yuraging sog‘inchga mangu to‘lmasin

Kimnidur sog‘insang sog‘indim deb ayt
Ko‘ngling hislarini yashirma zinhor
Balki senda bo‘lmas bunday qulay payt
Qalbdagi so‘zlaring et dadil is‘xor

Kimnidur sog‘insang sog‘indim deb ayt
Ko‘zlarin ko‘rmasdan yashaolasanmi
Qadirla borida sevishingni ayt
Usiz yangi hayot boshlolasanmi

Kimnidur sog‘insang sog‘indim deb ayt
Toki yuragingda armon qolmasin
Uning uchun yozgin qo‘shiqlar-u bayt
Yuraging hijrondan o‘tda yonmasin

Kimnidur sog‘insang sog‘indim deb ayt.....!!!
muallif
Mohinur Choriyeva
09.01.2023
14:03