Get Mystery Box with random crypto!

– Saxiylikni kimdan o‘rganding, – deb so‘radilar Hotam toyidan | Хаёт ва хаёл манзили✔️✔️

– Saxiylikni kimdan o‘rganding, – deb so‘radilar Hotam toyidan.
– G‘ishtdan o‘rgandim, – deya javob qildi.
– Hech zamonda g‘ishtdan ham bir narsa o‘rganib bo‘larkanmi?
– Odamlarning qator turib bir-biriga g‘isht uzatganlarini ko‘rganmisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o‘zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo‘limdagi g‘ishtni uzatsamgina menga g‘isht uzatishdi. Uzatmay, qo‘lda tutib tursam, g‘isht kelishi ham to‘xtadi.
Xayol qildim deydi Hotam toyi: Demak, mol-dunyo ham shunday. Infoq-ehson chiqarib tursang, biringga o‘n keladi, bahillik qilsang, boridan ham baraka ketadi...