Get Mystery Box with random crypto!

Alif Paola Koelo haqidagi fikrlarimizning davomi. Dunyoga mas | Hasanning...

Alif

Paola Koelo haqidagi fikrlarimizning davomi. Dunyoga mashhur Alkimyogar asarining muallifi Alif asarida navbatdagi sayohati davomidagi fikrlarini, sarguzashtlarini yozadi.

Musulmonlarning e`tiborini tortish uchunmi yoki g'azabini keltirish uchunmi(menda shunaqa bo'ldi) nomini Alif deb qo'ydi. Lekin asarda shunchaki dejabyuga o'xshash jarayonni Alif deya nomlagan.

Kitoblarni shunchaki xulosa(Xushnudbek singari) yoki qanaqadur hissiyotlarni tuyish uchun o'qiyman.

Demak xulosam:
Vaqt faqatgina biz yashayotgandagina bor. Undan avval ham hech, undan keyin ham. Hozir zavqlanib qilib qoling. Hozir musulmon bo'ling.

Kitobni o'qib tugatganimga deyarli bir yil bo'lgandi lekin taqriz yozishga eringandim. Menimcha endi bu sahifa ham jonlanadi