Get Mystery Box with random crypto!

Ko'pincha hayotda insonlar 'givers' bo'lishidan ko'ra 'takers' | Mutolaa zavqi 📖

Ko'pincha hayotda insonlar "givers" bo'lishidan ko'ra "takers" bo'lishni istaydilar. Ya'ni berishdan ko'ra ko'proq olishni ma'qul ko'radilar. Oluvchi yoki beruvchi deganda nafaqat pul, ijtimoiy yordam, xayriya saxovat tushuniladi balki, olayotgan bilmingizni boshqalar bilan ulashish yoki g'oyalaringizni boshqalar bilan bo'lishib fikrlar eshitish va shunga o'xshash narsalar ham "giver" lik alomati.



Kitobda ko'plab har xil sohalarda muvaffaqiyatga erishgan mashhur insonlar haqida yozilgan. Ular ham avvaliga hayotida ko'plab qiyinchiliklarga uchragan va ana shu vaziyatlarda ham ular insonlar bilan ko'p narsalarni ulashavergan g'oyalar deysizmi, ijtimoiy yordam yoki xayriya deysizmi , hammasi. Ba'zi davlatlar aholisinging sohalaridan kelib chiqib 3 guruhga "givers"lar, "takers"lar hamda "matchers"lar kesimida insonlarning qay darajada muvaffaqiyatga erishganlari yoritilgan.



Qizig'i shundaki, beruvchilar ko'pincha muvaffaqiyat narvonining eng quyi qismida qayd etilgan. Nima deb o'ylaysiz sizningcha narvonning birinchi qismida kimlar qayd etilgan bo'lishi mumkin? Albatta siz takerslar ya'ni oluvchilar deb o'ylashingiz mumkin va siz haqdirsiz. Lekin aniq statistikaga qaralasa narvonnig eng yuqori qismida ham beruvchilar yetakchi. Qanday qilib deysizmi? Beruvchi insonlarning yo'li huddi uzoq masofaga marafonga chiqqan poygachilarga qiyoslangan: sekin, bir maromda lekin natijasi birdaniga yuzaga chiqavermaydi. Ya'ni beruvchi insonlar ham shu kabi sekin muvaffaqiyatga erishishlari mumkin lekin natija a'lo darajada bo'ladi.


Kitobda bir so'z juda e'tiborimni tortdi.

"What goes around, comes around"

Ya'ni nimayki sizdan ketsa u yana aylanib o'zingizga qaytadi. Beruvchi qo'l bo'lish har kim o'ylagandek yomon narsa emas, aslida. Hullas yana bu kitob haqida fikrlarim ko'p, lekin tartibsiz. Hozircha anglab, so'z bilan ifodalay olganlarim shu.

P. S. Davomi bor...

@hasanboyeva_blogi