Get Mystery Box with random crypto!

Bu yil haqida qisqacha Bu yil ko'p narslarga erishdim, deb o' | Mutolaa zavqi 📖

Bu yil haqida qisqacha

Bu yil ko'p narslarga erishdim, deb o'ylayman. Ingliz tilidan chet tili sertifikati oldim, akam doim ingliz tilini o'rganishda raqobatdoshim bo'lib keldi, hozir ham hatto. Men va egizagim talaba bo'ldik. Fotimaxon eng asosiy  raqibim bo'ldi. Doim imtihonlarda bir-birimizdan o'tish uchun musobaqalashdik.Maktabni medalga bitirdim. O'qishga kiraman deb ozib ketdim. Ko'p kitoblar o'qidim.  Biz marta kitob ham o'g'irladim. Hali qancha kitob o'qiganimni sarhisob qilganimcha yo'q. Asarchada ko'plab kitob muhokamalarga qatnashdim (Thanks to Khamidjonov) u yerda ko'p ajoyib do'stlar ham orttirdim.
Zakovatda ham qatnashib u yerda ham bir o'zimni sinab ko'rdim. Bu yilgi natijalarimdan xursandman. Albatta, ba'zida muvaffaqiyatsizlikka ham uchragan paytlar bo'ldi. Iloji boricha optimist bo'lishga harakat qildim. Ha aytgancha, ingliz tili o'qituvchi sifatida o'quv markazda ish boshladim.
Xullas, aytsam ko'p narsalar bor.

P.S. Kelayotgan yilda ham ko'p yutuqlarga erishishga umid qilaman. O'ylayman-ki, sizlarda ham ko'p ajoyib voqealar bo'lgan)


@hasanboyeva_blogi