Get Mystery Box with random crypto!

#PM Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi | Harvard School

#PM

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar va shu maktablarga kirish uchun bo'ladigan imtihonlar haqida ma'lumot.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.04.2022 yildagi PF-106-sonli PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TARMOG‘INI KENGAYTIRISH TO‘G‘RISIDA farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq shu yili Respublikamiz bo'yicha 141 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil qilindi va 2023-2024-yillar davomida qolgan barcha hududlarda ham ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul 2 xil yo'nalishda bo'ladi:

ANIQ FANLAR YO‘NALISHI BO‘YICHA:

5- va 6-sinflar ychun matematika, ingliz tili fanlaridan test:

Matematika fanidan 25 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 77.5 ball beriladi.

Ingliz tili fanidan 15 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 baldan jami 31,5 ball beriladi.
Matematika va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 109 ball beriladi.

7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflar uchun matematika, fizika, ingliz tili fanlaridan:

Matematika fanidan 20 ta, shundan 5 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 62 ball beriladi.

Fizika fanidan 10 ta savoldan iborat bo‘ladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 baldan jami 31 ball beriladi.

Ingliz tili fanidan 10 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 baldan jami 11 ball beriladi.
Matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan jami maksimal 104 ball beriladi.

TABIIY FANLAR YO‘NALISHI BO‘YICHA:

7-sinflar uchun biologiya, ingliz tili fanlaridan,

8-, 9-, 10-, 11-sinflar ychun biologiya, kimyo, ingliz tili fanlaridan test savollari beriladi.

Eslatib o'tamiz, G'uzor tumanida kelasi (2023) yili ixtisoslashtirilgan maktab ochilishi rejalashtirilgan.

"Harvard School" jamoasi Prezident maktablari va Al-Xorazmiy maktablariga kirish uchun o'quvchilarni tayyorlash bo'yicha katta natijaga, dasturga va tajribaga ega, shu o'quv yilidan boshlab Garvard o'quv markazida ixtisoslashtirilgan maktablarni Aniq fanlar yo'nalishiga kirish uchun tayyorlaydigan alohida guruhlar tashkil qilinadi.

GURUHLARGA O'QUVCHILAR TEST ASOSIDA SARALAB OLINADI VA SARALASH TESTI BO'LADIGAN SANA SHU KANALDA E'LON QILINADI !

@harvardschoolguzar