Get Mystery Box with random crypto!

Ba'zida nimalargadir erishish uchun nimalardandir kechishga to | Haqiqatnoma

Ba'zida nimalargadir erishish uchun nimalardandir kechishga to'g'ri keladi. Sizni oldinga harakatlanishingizga to'siq bo'layotgan narsalar. Bu postni umumiy gaplar bilan to'ldirmoqchi emasman. Shunchaki barcha ijtimoiy tarmoqlar va telegramdan boshqa messenjerlarimni o'chirib tashladim. Instagramga istasam istamasam kiraman, yangi kulguli videolarni ko'rish uchun, o'zimcha aqlli gaplarni "istoriya"ga qo'shish va menga yozgan tanishlarga javob yozish uchun. Meni bilganlarni ko'pchiligi meni odamovi deb hisoblaydi, haqiqatdamn ham shunday, ko'pincha odamlardan o'zimni olib qochib yuraman, men suhbat quradigan odamlar sanoqli. Hatto ko'pchilik qarindoshlarimni to'yiga bormaganman bahona bilan, odam ko'p joylar yoqmaydi, shovqin ko'p joylar yoqmaydi, soxtaliklar to'la joylar yoqmaydi. Ko'pchilik bir joyga yig'iladigan marosimlar soxtaliklarga to'la, hamma bir birini yaxshi ko'radi, qadrlaydi vahokazo... Lekin kerak paytda hech kim hech kimni topa olmaydi. Diydam ba'zan qattiq, odamga rahmim kelmaydi, o'zi sanoqli do'stim bor ulardan ham o'zimni uzoq tutaman, ba'zan esa erkak kishiga yarashmaydigan darajada ko'ngilchanman, ko'chada kimnidir kuchugi o'lganini eshitishim ham yig'lashimga sabab bo'la oladi, qarindoshlarimni ko'rish uchun qo'limga u bu narsa olib boraman. Samimiy suhbat quraman va o'sha paytda anglayman, qarindoshlarimdan shunchalik uzoqlashib ketganman-ki ularni ko'rganimda faqat yoshligim esimga tushadi, chunki yoshligimda yaqinlarni ko'rishga juda tez-tez borib turardim. Rahmatli otam ham yoshligimdan shu narsaga o'rgatishga harakat qildi, yaqinlar holidan tez-tez xabar olish, yo'qlash, lekin afsus... Qush uyasida ko'rganini qiladi deyishadi, bu gap noto'g'ri ekanligiga men tirik misolman, buni yaqinlarim juda yaxshi tushunishadi.
Hamma narsani yomon tarafini o'ylaydigan bo'lib qolganman, qarindoshlarim telefon qilsa ham zo'r'ga ko'taraman. Meni holimdan xabar olish uchun yozadiganlarni ham shunday o'ylayman: qiladigan ishi yo'q, zerikkan, endi nima qilishini bilmay menga yozyapti(yoki qo'ng'iroq qilyapti) Afsuski, bu fikrlarim ko'pincha to'g'ri chiqadi, ayniqsa telegramda tarmoqda ekanimni barchaga ko'rsatib qo'yganimda yilda bir marta yozadigan odamlar yo'qlab qoladi, aslida ularga meni sog'ligim, nimalar bilan band ekanim va boshqalar absolutno qiziq emas, ular shunchaki meni onlaynligimni ko'rishdi va zerikkanlari uchun, boshqa suhbatdosh yo'qligi uchun yozishdi. Men esa buni yoqtirmayman.
Instagramga kirib mendan boshqa hamma baxtli bo'lsa kerak deb o'ylayman, kimdir mashinada qo'shiq eshitib o'tirgan, kimdir barda, kimdir chilim chekib o'tirgan, kimdir raqsga tushgan. Faqat men xursand odamniyam kayfiyatini dabdalasini chiqaradigan gaplar yozaman...
Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda, guruhlarda ko'pchilik o'zbeklarni muhokamalarini o'qib dunyoda o'zbeklardan ham farosatsizroq, omi xalq bormikan deb o'ylab qolaman. Men bilgan dunyoni odamlari tanimagan odamini ham kayfiyatini ko'tarishga harakat qiladi, o'zbeklar bo'lsa o'ziga foyda bo'lmasa ham kimnidir asabini buzishga albatta harakat qiladi. Men hech qachon vatanparvar bo'lmaganman, maktab paytida vatan haqida she'rlar aytgan bo'lishim mumkin lekin hech qachon o'zbek ekanimdan faxrlanmaganman. Chunki biz hech qanaqasiga buyuk xalq emasmiz, bobolarimiz buyuk bo'lgan bo'lishlari mumkin, biz umuman buyuk emasmiz, eng yomon xalqlardan birimiz. Bu yerda kimlarnidir chizig'ida yashashga mahkumsan, bu yerda sen nima ish qilayotganing, kecha qayerda ekaning, yoningdagilar kim ekanligi, ertaga nima ish qilmoqchi ekaning, maoshing qanchaligi, cho'ntagingda qancha puling borligi hammaga qiziq. Bunaqa joyda yashab yurganimdan juda afsusdaman. Ba'zan o'zimni yumaloq teshikka sig'maydigan to'rtburchak to'nkaga o'xshataman, zamon-ku mayli, lekin makon borasida hammasi sal boshqacharoq bo'lganda hayotimdagi ko'p narsa boshqacha bo'larmidi deb o'ylab qolaman.
Rivoylanish kerak do'stlar, shaxsiy rivojlanish eng asosiysi. Kuningizni yaxshi kayfiyatda, yaxshi munosabatda qarshi oling.