Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillik bayrami barchangizga muborak bo'lsin. Bugun atro | Ilyos Safarov

Mustaqillik bayrami barchangizga muborak bo'lsin.

Bugun atrofimizda bo'layotgan voqealar fonida mustaqillikning ahamiyatini ayniqsa, ko'proq his qilyapmiz, qilishimiz kerak.

Ilohim, urushning sovuq qadami hech qachon tuproqlarimizga kirmasin.

Ta'lim, ta'lim orqali qolgan sohalarimiz rivoj topsin.

Faqat biz boshqalarni emas, boshqalar ham xalqimizning yaxshi turmush sharoitlari haqida gapirsin, bu yo'ldagi islohotlarimiz haqida kitoblar yozsin.

Mustaqilligimiz yanada mustahkamlanib, qandaydir islohotlar oldidan bir o'ylab oladiganimiz "falonchi nima derkin, qanday qararkin" degan qo'rquvlarimiz batamom tugab bitsin.

@haqiqatdaIlyos