Get Mystery Box with random crypto!

Yozayotgan haqoratli izohlari bilan mazluma opa-singil, kelinl | Ilyos Safarov

Yozayotgan haqoratli izohlari bilan mazluma opa-singil, kelinlarimizni himoya qilyapman, deb o'ylashyapti.

Aslida bir olima millatdoshiga bunchalik haqorat yog'dirayotganlarning Quyi Chirchiqda ayolini bog'izlagan erkakdan ko'pda farqi yo'q.

O'rtoqlar, bu yo'l bilan jamiyatda suiqasd, ayollarga nisbatan qiynoq, haqoratni to'xtatib bo'lmaydi.

Siz shunchaki ingichkalashib ketgan ijtimoiy kayfiyatni yanada taranglashtiryapsiz. Maqsadga siz tutgan yo'l bilan borolmaymiz.

Muammolarga haqorat, kimnidir kofirga chiqarish, g'iybat qilish bilan yechim topib bo'lganda, bizdan buyukroq millat bo'lmasdi.
Bizda bu bo'yicha tajriba keragidan ko'proq.

Yo'limizni o'zgartiraylik.

@haqiqatdaIlyos