Get Mystery Box with random crypto!

Rosti, kitoblarni o'qishga hali o'zimda vaqt bo'lmadi – ish ju | Ilyos Safarov

Rosti, kitoblarni o'qishga hali o'zimda vaqt bo'lmadi – ish juda ko'p. Lekin ayolim o'qiyapti (aslida ayollarning ilm olishini erkaklarning ilm olishidan ko'ra muhimroq hisoblayman).

Bir necha kundan beri ishdan qaytarkanman, to'plam haqida ayolimning taassurotlari orqali bilib olyapman, undagi shaxslar, ularning hayoti, ijodi haqida fikrlashyapmiz, tortishyapmiz.

Hozirgina to'plamning Cho'lponga bag'ishlangan qismi tugatilgani haqida sms oldim. Bu esa kechki tortishuv, bahs uchun yana bir obyekt tayyor degani.

Shu kitoblar dunyoga kelishi, o'quvchilarga yetib borishi va mutolaa bahslari uchun hissa qo'shayotgan insonlarga yana bir bor rahmat aytmoqchiman.