Get Mystery Box with random crypto!

Doim Alhamdulillah degin, Allohning ne’matlariga shukr qil: | 💞 Hande_Erchel_Aqlli_Qizlar 💞

Doim Alhamdulillah degin, Allohning ne’matlariga shukr qil:

– Uyqudan turganingda Alhamdulillah degin, chunki Alloh seni uyqusidan uyg‘onuvchilar safida qildi.

– Oilang bilan o‘tirganingda Alhamdulillah degin, chunki oramizda oilali bo‘lishni orzu qilayotganlar bor.

– Ishga ketayotganingda Alhamdulillah degin, chunki ko‘pchilik hanuz ish qidirib yuribdi.

‍– Sog‘-omon, ofiyatdaligingda Alhamdulillah degin, chunki oramizda har qancha narxga bo‘lsa ham sog‘liq sotib olishni orzu qilayotganlar bor.

– Tirik bo‘lganingga, rizqingni yeb yurganingga Alhamdulillah degin, chunki yaxshi ishlar qilib qolish uchun bir zumgina hayotga qaytishni orzu qilib yotgan qanchadan-qancha o‘liklar bor.

– Alhamdulillah degin, chunki duo qilib, ibodat qiladigan Robbing bor, chunki kimlardir hayvonlarga sig‘nib yuribdi.

– Alhamdulillah degin, chunki sen ayni o‘zingsan... Sendan boshqalar sendek bo‘lishni orzu qilishmoqda.

– Alhamdulillah degin, chunki sen tinchlikdasan, dunyoda hatto o‘z uyidan ko‘chaga chiqishga qo‘rqib turadigan, notinch yerlarda yashaydigan insonlar bor.

– Va yana bir bor Alhamdulillah deb Robbingga hamdlar aytginki sen MUSULMONSAN!

- Ey Allohim senga hamd aytishga bizni loyiq ko‘rganing uchun yana senga hamd aytamiz. Alhamdulillah


DUNYODA