Get Mystery Box with random crypto!

#end

Telegram kanalining logotibi hahajsksnajkw — #end E
Telegram kanalining logotibi hahajsksnajkw — #end
Kanal manzili: @hahajsksnajkw
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2022-04-06 19:16:45 Yangi yil kechasi pallada

Yangi yil kechasi pallada 
Eshiging ochildi, 
Chehrangda yog'du. 
Lablaringga xiyol tabassum indi. 
O'sha yigirma yil avvalgi tuyg'u- 
Bir lahza yurakning urushi tindi... 

Qoshlaring yoyini tortdi taajjub, 
Shunchalar charaqlab boqdi qaroqlar. 
Ichkari Yangi Yil archangda ajib, 
Turli nurlar sochib yonar chiroqlar... 

Hayrating kimnidir yodingga solar, 
Meni tanimaysan... Bu men Qorbobo! 
Bahorni uyg'otib esganday bo'lar, 
O'sha, yigirma yil avvalgi sabo... 

Qo'llaring qaltiray boshlaydi behos, 
Eshikka suyanib turadi hasrat... 
Qarshingda mung'ayib boqadi besas 
O'sha yigirma yil avvalgi qismat. 

Sovuq. Tashqarida qorning quyuni, 
Ko'cha chiroqlari porlar- qahrabo... 
Qismat bo'ronida daydib uyingni 
Yigirma yil o'tgach topdi Qorbobo... 

O'g'ling shodliklari sig'mas dunyoga- 
Qorbobo! Qopida sovg'alari mo'l. 
Deyman: "Muz tog'lardan o'tdim piyoda, 
Mana, yigirma yil yurib keldim yo'l..." 

Dasturxoni qadahlar terilgan bayram, 
Ularda may kabi to'lgim keladi. 
Hamma narsa go'zal...Botartib biram, 
Archangga yurakni ilgim keladi. 

Qo'lingdan jaranglab tushadi qadah, 
Sindi oshkor etib qayg'uli sirni. 
Devorga bosh qo'yib tinglasan nogoh, 
O'sha yigirma yil avvalgi she'rni: 

"Yulduzlar porlagan shu osmon haqqi, 
Ona zamin haqqi qasam ichaman: 
Sen mening qalbimda bir uzing balqi 
Istasang she'rimdan men voz kechaman!.." 

...Xayr! 
Nigohlari qismatday qora... 
Hamma narsa go'zal- dasturxon, bayram... 
Men chiqib ketaman bo'ronlar aro 
Kechalar boshimdan yog'ar oppoq g'am. 

O'g'ling ma'yus tortar, 
Savollar berar: 
-Oyi, yig'laganday bo'ldi, ajabo? 
Uzoq o'tirmadi qayerga borar, 
Qopini qoldirib ketdi Qorbobo?.. 

Sovuq...Muz kechalar ayoz qo'ynida, 
Ko'chalar chirog'i porlar- qahrabo. 
Tentirab yuradi qor quyunida 
Qayga borishini bilmas Qorbobo... 


BIZ KO'CHIRMAYMIZ BIZDAN KO'CHIRISHADI

@yangi_yil_sherlar
34 views16:16
Ochish/sharhlash
2022-03-16 17:37:59 Yana bir o'zim qoldim , kanalim , seni juda yaxshi ko'raman...
35 views14:37
Ochish/sharhlash
2022-03-05 10:46:40
196 views07:46
Ochish/sharhlash