Get Mystery Box with random crypto!

Tolibi ilmlar uchun Allohning izni bilan ilm olishni yengillas | حافظات القرآن

Tolibi ilmlar uchun Allohning izni bilan ilm olishni yengillashtirishga sabab boʻluvchi Qurʼon va sunnatdan duolar

رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي * وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي * وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي * يَفْقَهُوا قَوْلِي

Maʼnosi: “Ey Robbim, mening qalbimni keng qil. Mening ishimni oson qil. Tilimdagi tugunni yechgin. Soʻzimni anglasinlar” (Toha surasi, 25–28-oyatlar).

رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا

Maʼnosi: “Robbim, ilmimni ziyoda qilgin” (Toha surasi, 114-oyat).

اللَّهُمَّ عَلِّمْنَا مَا يَنْفَعُنَا وَ انْفَعْنَا بِمَا عَلَّمْتَنَا وَزِدْنَا عِلْمًا

Maʼnosi: “Allohim! Bilganlarimizni foydali qil! Bizga foydali narsalarni bildir! Ilmimizni ziyoda qil!” (Termiziy va Ibn Moja rivoyati).

اَلَّلهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا، وَرِزْقًا طَيِّبًا، وَعَمَلاً مُتَقَبَّلاً

Maʼnosi: “Allohim! Sendan manfaatli ilm, pok rizq va qabul boʻladigan amal soʻrayman” (Ibn Moja rivoyati).

اللَّهُمَّ آتِنِي الحِكْمَةَ ، الَّتِي مَنْ أُوتِيَهَا فَقَدْ أُوتِيَ خَيْرًا كَثِيرًا

Maʼnosi: “Allohim! Menga hikmat ato et, kimga hikmat berilsa, darhaqiqat, unga ko'p yaxshilik berilibdi”.