Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi? Shifo oyatlari “Shifo” soʻzi qatnashgan oltita | ХАДИЧАМ_ حَدِيخَمة

#Bilasizmi?

Shifo oyatlari

“Shifo” soʻzi qatnashgan oltita oyat shifo oyatlari, deyiladi. Rivoyat qilinishicha, Abulqosim Qushayriyning farzandi ogʻir kasal boʻlib qolganda unga shifo oyatlari oʻqilgan. Natijada bemor tezda sogʻayib ketgan.
Shifo oyatlari quyidagilar:

1. “Moʻmin qavm dillarga shifo - orom beradi”. (Tavba surasi, 14-oyat).

2. “Dillardagi narsalarga shifo” (Yunus surasi, 57-oyat).

3. “Unda odamlar uchun shifo bordir” (Nahl surasi, 69-oyat).

4. “Biz moʻminlar uchun shifo va rahmat boʻlgan Qurʼon oyatlarini nozil qilamiz” (Isro surasi, 82-oyat).

5. “Kasal boʻlgan vaqtimda Uning Oʻzi menga shifo beradi” (Shuaro surasi, 80-oyat).

6. “Ayting: ”Qurʼon imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va shifodir“ (Fussilat surasi, 44-oyat).

”Qurʼon - qalblar shifosi" kitobidan.