Get Mystery Box with random crypto!

Bir kishi quduqqa tushib ketdi. Yordam so‘rab baqira boshladi. | Habibim🌿🌸

Bir kishi quduqqa tushib ketdi. Yordam so‘rab baqira boshladi. Uning faryodini eshitgan odamlar uni quduqdan qutqarib olishdi.
Keyin unga bir kosa sut berishdi. U sutni ichib bo‘lgach undan quduqqa qanday tushib ketding deya so‘rashdi.
Qanday yiqilgani aytib, sifatlab berayotuvdi, oyog‘i toyib yana quduqqa yiqilib tushdi. Odamlar uni yana chiqarib olishdi lekin....
Bu safar u o‘lib bo‘lgan edi. Birinchi marta tirik chiqdi chunki uning bir kosa sut rizqi bor ekan. Qachonki oxirgi rizqini olgach vafot etdi.
"Xech bir kishi dunyodagi rizqini to‘lig‘icha olmagunicha vafot etmaydi." deganlarida Rosulullooh sollallohu alayhi vasallam naqadar haq edilar...

@dunya_di