Get Mystery Box with random crypto!

Nima uchun homiladorlik vaqtida toksikoz kuzatiladi? Shifok | GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)

Nima uchun homiladorlik vaqtida toksikoz kuzatiladi?

Shifokor Hilola Jumayeva:

Homiladorlik toksikozi - organizmning homiladorlikka bo‘lgan moslashuvining buzilishi bo‘lib, sabablari embrion rivojlanayotgan vaqtida hosil bo‘lgan turli moddalarning ta’siri, ona organizmidagi gormonal o‘zgarishlar, oshqozon-ichak kasalliklari, irsiy moyillik.

Homiladorlik toksikozi bola uchun bezarar hisoblanib, homila jinsiga bog‘liq emas. Homilaning qiz yoki o‘g‘il bo‘lishidan qat’i nazar ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin.

Toksikozning yengil o‘tishi uchun homilador ayol ko‘p dam olishi, yoqimsiz hid va ta’mlardan uzoq bo‘lishi, xonalarni tez-tez shamollatib turish, toza havoda sayr qilishi, kun davomida oz-ozdan meva va sabzavotlar iste’mol qilishi va limonli yoki mineral suvlar ichishi kerak.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w