Get Mystery Box with random crypto!

Sistit muolajasi homila uchun zararli emasmi? Shifokor Layl | GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)

Sistit muolajasi homila uchun zararli emasmi?

Shifokor Laylo Baxtiyorova:

Bu vaziyatda, avvalo, mustaqil tarzda davolanishga kirishmang. Har qanday muolaja faqat shifokor tomonidan bajariladi.

Sistit kasalligini o‘z vaqtida davolashning muhimligi shundaki, uning asoratlari jinsiy a’zolarni zararlantirib, tug‘uruqqa oz muddat qolgan bo‘lsa, turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Jumladan, sistitning oddiy ko‘rinishidan surunkali turga o‘tishi homilaning muddatdan avval tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. Boisi, kasallik infeksiyasi siydik yo‘li orqali tarqalib, bachadon naylari faoliyatiga ham ta’sir etadi.

Kasallikni davolashda siydik tahlili topshirilgach, undagi infeksiyalar miqdoriga ko‘ra antibakterial antibiotiklar buyuriladi.

Shu sabab ham oylik tekshiruv ko‘rigida ayolning peshob tahlili olinib, tarkibi o‘rganiladi.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w