Get Mystery Box with random crypto!

Qashqadaryoda “Isuzu” ag‘anashi sabab 2 fuqaro mashina ichida | G'UZOR TV | Rasmiy

Qashqadaryoda “Isuzu” ag‘anashi sabab 2 fuqaro mashina ichida qolib ketdi.

Qashqadaryo viloyat FVB axborot xizmati xabariga ko‘ra, bugun (19-iyul kuni) G‘uzor – Samarqand yo‘lining 90-kilometrida “Isuzu” yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetiga ag‘anab, avtomashina saloni ichidagi 2 nafar fuqaro qisilib qolgan.

Ko‘kdala tumani FVB xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, atrofdagi fuqarolar yordamida jabrlangan 2 nafar fuqaroni avtomashina ichidan olib chiqilgan va tuman Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.


Quyidagi linkni bosing va G'uzorliklar kanaliga qo'shiling
https://t.me/+U6wkrLGFAtNvN0wK

@GuzorTV | Rasmiy ‌‌