Get Mystery Box with random crypto!

Muddati o‘tgan pasportni 1 oy ichida almashtirmaganlar jarima | G'UZOR TV | Rasmiy

Muddati o‘tgan pasportni 1 oy ichida almashtirmaganlar jarima to‘laydi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga muvofiq, fuqaro pasportining amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda pasportini 1 (bir) oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.

Amal qilish muddati o‘tgan biometrik pasportning o‘z vaqtida ID-kartaga almashtirmasligi — ya’ni fuqaroning pasportsiz yoki ID-kartasiz yashashi MJtKning 223-moddasiga binoan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday huquqbuzarlik jarima solishga sabab bo‘ladi.

Biometrik pasportlarni ID-kartaga almashtirish uchun ichki ishlar organlari fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi yoki ro‘yxat bo‘yicha tasdiqlangan davlat xizmatlari markazlarida almashtirish mumkin.

G'uzor tuman Ichki ishlar bo‘limi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi

Quyidagi linkni bosing va G'uzorliklar kanaliga qo'shiling
https://t.me/+U6wkrLGFAtNvN0wK

@GuzorTV | Rasmiy ‌‌