Get Mystery Box with random crypto!

Gʻuzor tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Yakkabogʻ tuman | G'UZOR TV | Rasmiy

Gʻuzor tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Yakkabogʻ tuman hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

Yakkabogʻ tumani hokimining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga Xudayqulov Laziz Eshquvatovich tayinlandi.

L.Xudayqulov 1982-yilda Gʻuzor tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Laziz Xudayqulov tayinlovga qadar Gʻuzor tumani hokimining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Quyidagi linkni bosing va G'uzorliklar kanaliga qo'shiling
https://t.me/+U6wkrLGFAtNvN0wK

@GuzorTV | Rasmiy ‌‌