Get Mystery Box with random crypto!

#befarqemasman Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijo | Гулшода Шахонова

#befarqemasman

Hilola Nazirova, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori:

— Ta'lim — har bir davrda taraqqiyotning poydevori bo‘lib xizmat qilgan. Hozirda O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari kelajagimiz bo‘lgan yoshlar istiqboli uchun eng to‘g‘ri qadamdir. Ayni paytda nafaqat rahbar, balki oddiy ayol sifatida bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq emasman. Xususan, yangilanayotgan Konstitutsiyaning 52-moddasida davlat o‘qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoyalashi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligiga g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayotgani meni quvontirdi. Bu — yurtimiz yangi tarixining yangi sahifasidir. Men o‘qituvchilarning huquqi himoyalanishiga ovoz beraman. Qaysi davlat dunyoni ta'lim bilan ta'minlasa, o‘sha davlat dunyoni ham boshqaradi.

https://t.me/AOKBToshvil