Get Mystery Box with random crypto!

#Гуломов Isbotlarim

Telegram kanalining logotibi gulomovx — #Гуломов Isbotlarim Г
Telegram kanalining logotibi gulomovx — #Гуломов Isbotlarim
Kanal manzili: @gulomovx
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7
Kanalning ta’rifi

Ariginal @shodiyorbek faqat shu

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-03 17:00:50
Biror ishni boshlashdan oldin rosa katta, imkonsiz ko’rinishi mumkin. Shuning uchun katta/oliy maqsad hayolingizda tursa ham, kichkina qadam, hozir nima qilishingiz mumkinligini o’ylang va shunga focus qiling.

Muhimi hammasini birdan qilishingiz emas, bugungi qismini tugatishingiz.

Katta muammolarni ham “bo’lib tashla va fath et (Divide and conquer)” shiori bilan yechsa bo’ladi
34 views14:00
Ochish/sharhlash
2022-06-25 18:19:23
- Мени ким севади?
- Ортингдан ҳимоя қиладиган..


@MubashshirAhmad
55 views15:19
Ochish/sharhlash
2022-06-25 18:13:55
48 views15:13
Ochish/sharhlash
2022-06-09 11:40:30
Sizga tegishli bo'lgan narsalar siznikidin.....
79 views08:40
Ochish/sharhlash
2022-06-09 10:36:23
Bir umrlik motivatsiya qanday bo'lishi kerak?
66 views07:36
Ochish/sharhlash
2022-06-09 10:35:46 BIZ ZAMONAVIY QULLARMIZ

Siz notog'ri o'qimadingiz, haqiqatdan, hozirgi zamondoshlarimizning juda katta miqdori zamonaviy qullar hisoblanadi (O'zimni aniq bilmayman, qulmanmi yoki yo'qmi)

Lekin, men aytayotgan qullik, klassik qullikdan farq qiladi. Biz aynan birorta feodal (xo'jayin, xoja)ga bo'ysunmaymiz. Bizning ustimizdagi "feodallar" juda ko'p va ularning antik feodallardan farqi shuki, biz ularga ongli ravishda qul bo'lamiz. Albatta, ommaviy propaganda, "marketing" deb nomlanmish vosita orqali qulga aylanamiz.
Fikrimni aniqlashtiradigan bo'lsam, biz zamonaviy dunyo tomonidan yaratilgan, soxta "orzular" qulimiz. U orzular tarkibida eng so'nggi rusumdagi iPhone, Samsung, Macbook, Canon smartfon, kompyuter va fotoapparatlarini olish; Nike, Adidas, Louis Vuitton kabi kompaniyalarning kiyimlaridan kiyinish, Parij, Rim, London kabi shaharlarga sayohatlarga borish, BMW, Mercedes Benz yoki o'zimizning Malibularni minish, palon joydan uy olish, palonchining to'yiga o'xshatib zo'r to'y qilish va boshqa shu kabi sun'iy tarzda yaratilgan narsalarni ko'rish mumkin va ularning ko'pchiligi orzuyimizga aylangan (Yuqoridagi ro'yxatlar shunchaki misol, o'zingiz orzu qilgan brendni qo'yib o'qishingiz mumkin). Odatda, ko'pchilik brendga aylangan firmalarning mahsuloti sifati ham eng yaxshilari bo'ladi, lekin o‘sha sifatli "feodalimiz" - vositamiz sifatiga ega, lekin undan ancha hamyonbop bo‘lgan, brend bo‘lmagan mahsulot bo‘lsa, uni olish yaxshiroq, menimcha.
Shu sanab o'tilgan va shularga o'xshash aslida biror og'irni yengil qilish uchun yoki kundalik foydalanish uchun yaratilgan vositalar bizning "feodalimiz", "xo'jayinimiz"ga aylanib qolgan. Ular bizning yo'lchi yulduzimiz va biz keyingi rejalarimizni ularga erishish yo'lida rejalashtiramiz. Haqiqiy maqsadlarga erishish uchun yaratilgan vositalar bizning maqsadlarimizga aylanmoqda. Biz propaganda yoki kuchli marketing qurbonlariga aylanmoqdamiz. Azizlar, sizlar qatori o'zimni ham zamonaviy propaganda, marketing qurboniga aylanmaslikka, "zamonaviy qul" bo'lib qolmaslikka chaqiraman.

Disclaimer: Agar siz texnik imkoniyatlari kerakli darajada va boshqa uni o'rnini bosuvchi alternativ bo'lmagani uchun X narsani tanlasangiz, buni qullik deb hisoblamayman. Masalan, menga juda ham tiniq suratga oladigan telefon kerak bo'lsa, Samsung Galaxy 20 Ultraning 108 mepapikselli kamerasi tengsiz bo'lsa, boshqa arzonroq va sifatli telefonlarda bundan yaxshiroq kamera bo'lmasa (bu shunchaki misol, Mi smartfonlari 108 megapikselli kameraga Samsungdan oldin ega edi), men uning brend ekanligi uchun emas, menga kerakli xususiyat faqat unda borligi uchun Samsungni olaman.
59 views07:35
Ochish/sharhlash
2022-06-08 06:52:54
"Europe's problems are World's problems, but World's problems aren't Europe's problems".

- Subrahmanyam Jaishankar, The Minister of External Affairs of India.
59 views03:52
Ochish/sharhlash
2022-06-08 06:36:22
Jarayonni seving.

Nimanidir kutib yashash ortidan keladigan o’sha nimadirdan keyin sizga u narsa yoqmasligi, qiziqish birdaniga so’nishi mumkin.

Masalan, ba’zilar juda qattiq universitetga kirishga harakat qilib, byujetga kirsayam o’qishni umuman tashlab qo’yadi, chunki unga universitetga kirish faqat yoqqan holos.

Boshqa masalalardayam shunaqa misollar ko’plab topish mumkin, quyidagi videoda Simon Sinek buni yaxshi tushuntirgan deb o’ylayman.



60 viewsedited  03:36
Ochish/sharhlash
2022-06-05 17:04:40
"You're the average of the five people you spend the most time with" Jim Rohn

Do’sting kimligini ayt men senga kimligingni aytaman, yohud siz atrofingizdagi 5ta odamni o’rtachasi siz.

Guruhingizda eng zo’ri bo’ling yoki sizdan yaxshiroqlar davrasida bo’lib, ulardan nimadir o’rganing
64 views14:04
Ochish/sharhlash
2022-06-05 16:45:12
Negativ fikrlardan voz keching
59 views13:45
Ochish/sharhlash