Get Mystery Box with random crypto!

Chiroyli bo'lib yurish juda yaxshi-daa, lekin boshqalar yomon | Guli Islamova blog

Chiroyli bo'lib yurish juda yaxshi-daa, lekin boshqalar yomon ko'z bilan qarashi mumkun; turmush qurish juda hayrli-da, lekin yomon turmush o'rtoq bilan yashash do'zoxdan battar, chiroyli bo'lib, o'ziga qarab yurishi yaxshiku-ya, lekin 'kis-kis' so'zini eshitkandan ko'ra, yer yorilib yer tagiga kirib ketgan yaxshi.

Har kuni ota-ona, aka-uka, qarindosh-urug' obro'sini ko'tarib yurish esa o'zi emas.... Faqat qizlar nafslarini tiyub yursa jamiyatda hechqanday o'zgarish bo'lmaydi. Qars ikki qo'ldan chiqqandek, aholi odob-ahloq saqlab yurish uchun ikkala jins vakillari birdek harakat qilish kerak deb o'ylayman.

Ayollar begona erkaklarga tik qaramaganidek, erkaklar ham nomahram ayollarni ko'rganda nazarini tushurib yursalar rossa katta o'zgarishlar ko'rgan bo'lar edik.

@guli_islamova_blog