Get Mystery Box with random crypto!

Universitetga ketayotgandim, kimdir oldindan qor otdi. O'ziyam | Gulbashakkar

Universitetga ketayotgandim, kimdir oldindan qor otdi. O'ziyam qoq peshonamga kelib tushdi (juda kattamas, mushtimdek keladi) Shuuuunnaqa o'qrayib qaradimkiii, dami ichiga tushib ketdi. O'zi darsga kech qolyapman, sen ham bormiding dedim ichimda.
Boshqa odam qurib ketganmidi, dedim. Pinagini buzmay: Qorqiz bo'lib kelyapsizakan-da, sochlariz, kipriklariz qor.

-
"Tutash taqdirlar" degan serial bo'lardi. Shunda aktrisa Shodiya To'xtayeva o'ynagan sahna bor. Yigit qizga turtinib ketsa, qizni asabi buzilib, "Ko'zizga qarab yursez o'lasmi?" deydi. O'shanda "Voybo, namuncha qo'pol muomala qilgan" degandim. Endilikda 200 foiz tushundim o'sha personajni

Gulbashakkar