Get Mystery Box with random crypto!

Gapirganim kumush bo'lsa, jim turganim oltindir.         Xalq | Gulbashakkar

Gapirganim kumush bo'lsa, jim turganim oltindir.

        Xalq maqoli

Mana shu maqol ko'nglingni sindirishga qodir so'zlar jamlanmasidan tuzilgan. Va endi sen maqoldagi jamiyki so'zlarga qorishib yo'q bo'lib ketasan. Hammasi ayon, so'zga na hojat? Qadrsizlikdan yonayotganingda, kayfiyat beradigan voqealar haqida hikoya qilingan paytdagina hamma kechmishlaring, orzularing, xom-xayollaring sarob ekanligini, shunchaki tush ekanligini, SEN va QALBING sariq chaqa ahamiyatga ega emasligini anglaysan va tobora balandlashayotganingni his qilasan.
Ichingda allanima jon berayotganini jimgina kuzatasan...