Get Mystery Box with random crypto!

#atalgan Bir qiz planshet apparatini sotib oldi. Otasi appara | Mursalina.uz

#atalgan

Bir qiz planshet apparatini sotib oldi. Otasi apparatini ko'rgach qizga:
«Planshetni sotib olganingdan keyin, birinchi qilgan ishing nima bo'ldi?» - dedi.

Qizi: Ekraniga qirilish, chizilishidan saqlaydigan laminat qo'ydirdim va ustiga g'ilof kiydirdim.

Ota: Birov seni shunga majbur qildimi?

Qizi: Yo'q, aslo!

Ota: Bu qilgan ishing bilan sen, planshetni ishlab chiqargan firmani yerga urding, obro'sini to‘kding.

Qizi: Yo'q, aslo unday emas, otajon! Aksincha, korxonaning o'zi bizlarga g'ilof kiydirishni tavsiya qiladi.

Ota: Bu apparat befoyda bo'lgani uchun g'ilof taqdingmi?

Qizi: Yo'q, men uni bahosi tushishini, chizilib, qirilmasligini istayman.

Ota: Uning g'ilofi uni hunuk qilib ko'rsatmaydimi?

Qizi: Nazarimda hunuk emas. Hatto hunuk bo'lib qolganda ham, tashqi ko'rinishidan ko'ra, asl holatini tashqi ta'sirdan himoyalash, asrash, avaylash muhimroq.

Ota qiziga mehr bilan boqdi. Muloyim tabassum qilib
«Mana shu, HIJOBdir, qizalog'im» dedi.

Ummu Amina tarjimasi

halolimga yozilgan