Get Mystery Box with random crypto!

Grow'n'Roll

Telegram kanalining logotibi grownroll — Grow'n'Roll G
Telegram kanalining logotibi grownroll — Grow'n'Roll
Kanal manzili: @grownroll
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 519
Kanalning ta’rifi

Bu yerda negativ yo’q. Pozitiv fikrlash va doim o’zini rivojlantirish xohishidagilarni bir yerda jamlagan kanal. Har kuni bitta post.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-06-29 00:55:25 Uxlab halovatni yo'qotgandan ko'ra, uxlamay halovatni saqlagan afzal.

@grownroll
106 viewsedited  21:55
Ochish/sharhlash
2022-05-27 23:13:06
"You're the average of the five people you spend the most time with" Jim Rohn

Do’sting kimligini ayt men senga kimligingni aytaman, yohud siz atrofingizdagi 5ta odamni o’rtachasi siz.

Guruhingizda eng zo’ri bo’ling yoki sizdan yaxshiroqlar davrasida bo’lib, ulardan nimadir o’rganing

@nuruddinblogs
222 views20:13
Ochish/sharhlash
2022-05-19 00:33:29 Тошкентда бирор жойни арендага олмоқчи бўлсангиз, доим келиб кўриб кетган битта ока бор. Ўша ока кимлиги манга қизиқ. Ўн беш йил олдин квартира қидирганимда ҳам ўша ока кўриб кетгандилар, бугун китоб дўконга жой қидирганимда ҳам битта ока кўриб кетганликлари, тезроқ қароримни айтишим кераклигини айтишди.
Ман ҳам борича жавоб бердим: -Хавотир олманг, у битта ока ўн беш йилдан бери жой танлаёлмаяптилар.

Битта ока, етар, бас! Балки мани таъқиб қилишни тўхтатарсиз.


@allaevuzb
248 views21:33
Ochish/sharhlash
2022-05-15 22:40:12 Dasturlashga qiziqadiganlar a'zo bo'lib qo'yamiz. @float_edu
266 views19:40
Ochish/sharhlash
2022-05-15 11:59:53 "Hech narsa o'qimaydigan inson, faqat gazeta o'qiydigan insondan yaxshiroq."
- Tomas Jefferson

XVII asr. Birinchi gazeta chop etilgandan buyon ko'p vaqt o'tdi. Yangiliklar e'lon qilib borishda asosiy vosita bo'lgan gazetalar, yaqin yillarda o'z o'rnini internetga bo'shatib berdi. Lekin bir narsa doim insonlarni "ahmoq" qilib keladi - yolg'on xabarlar. Mana 4 asr bo'ldiki, haligacha insonda yolg'on xabardan immunitet paydo bo'lgani yo'q. Hozirgacha ko'pchiligimiz tasdiqlanmagan, shov-shuv uchun chop etilgan yolg'on ma'lumotlarga berilib xulosa chiqarishga odatlanib qolganmiz. Yolg'on xabarlar bir ikki kishi ichida bo'lsa, katta ahamiyatga ega emasdir, ammo bir xalq miqyosida bo'lsa, tanazzulga olib kelishi mumkin. Hozirgi zamon bizdan xabarlarga e'tiborli bo'lishni, shoshib, yuzaki xulosa qilmaslikni, rasmiy manbalarga ishonishni talab qiladi.

@grownroll
252 viewsedited  08:59
Ochish/sharhlash
2022-05-12 20:57:47 Miyadan tez farosatdan ko'ra, tildan tez farosat yaxshiroq.

@grownroll
242 views17:57
Ochish/sharhlash
2022-05-11 11:21:27
Ayrim biznes-trenerlar haqida qisqacha
290 views08:21
Ochish/sharhlash
2022-05-10 21:12:52 Kichik eksperiment

Oxirgi vaqtlar bir eksperiment o'tkazdim. Shunchaki Instagramda ko'proq vaqt o'tkazdim, YouTube'da esa shou-biznesga aloqador intervyularni va har xil saviyasiz videolarni ko'ra boshladim. Natija kutganimday bo'ldi - oxirida ishga, o'qishga qiziqish so'nib qoldi, vaqtimni ko'proq bekor o'tkazishga o'rganib qoldim. Eng qizig'i, boshida shunaqa bo'lishini bilardim, lekin shu holatgacha kelganimdan bexabar qoldim. Sababi, miya allaqachon bunaqa hayot tarziga moslashib qolganligini tushundim. Moslashish shunchalik sekin amalga oshdiki, A holatdan B holatga o'zgarganimni sezmay qoldim.

Endi o'ylab ko'r, hozirgacha qanchadan-qancha insonlar vaqtini shunaqa behudaga o'tkazyapti ("Luiza Rasulova sharmanda bo'ldi" nomli clickbait videolar bekorga millionlab "просмотр" olmayatgandir), illuziyaga tushib qolganini his qilmayapti. Yana hayotlaridan nolib qo'yishadi. Yerga yopishib qolgan orqasini ko'tarmagunicha HECH NARSA O'ZGARMASLIGINI tushunishmaydi!

Muvaffaqiyat formulasi har kimda har xil bo'lishi mumkin, ammo umumiy jihati bor - kerakli va keraksiz narsani ajrata olish.
Muvaffaqiyatga kuzatilayotgan kontentning o'rni yetarlicha katta degan fikrimni tasdiqladim.

@grownroll
192 viewsedited  18:12
Ochish/sharhlash
2022-05-09 19:52:15 Yo'nalish

1, 2 yoki 3 yoshli bolada qaysidir xislatni ko'rsak - masalan, qo'lni qattiq qisishi, o'zini kattalarday tutishi, jiddiyligi, ko'zidagi shijoat va hk, bu bola katta bo'lsa Prezident bo'ladi, zo'r bokschi, zo'r biznesmen bo'ladi degan fikrlarni aytamiz. Chunki umid hali bor, bola yosh, hayot oldinda. Lekin 10, 20, 30 yildan keyin u bola rostdan ham Prezident, zo'r bokschi yoki zo'r tadbirkor bo'ladimi? Agar shunday bo'lganda hozir zo'r tadbirkor yoki bokschilar sanoqli bo'lmasdi.

Ho'p, boshida qilingan yaxshi niyat yoki prognoz nega o'xshamaydi? Chunki biz bolaga umid berib, uni yana tortib olishga o'rganganmiz. Bola miyasi yoshlikdan shakllanib borar ekan, uni o'z chegaralarimiz bilan belgilashga harakat qilamiz. O'zimiz yoki atrofdagilarimiz qaysidir ishni eplolmasa, bolalarimiz uchun ham "hukm" chiqaramiz. Shu yo'sinda bolani mentalitetning salbiy bog'lamlari bilan o'rab tashlashni boshlaymiz. Yana bir kun kelib nimadir xato ish qilib qo'ysa, ko'p hollarda bolani ayblaymiz. Nihol egri o'ssa, nihol aybdormi yoki bog'bon?

Qisqichbaqa nazariyasi bor. Unga ko'ra, chelakka solingan bitta qisqichbaqa chelakdan qutilib chiqishga harakat qilar ekan va uddalar ekan. Ammo, bir qancha qisqichbaqa bir vaqtda solinsa, hech biri joyidan siljimas ekan. Nega? Chunki biri chiqmoqchi bo'lsa, boshqalari chiqib ketishga yo'l qo'ymas ekan. Chelak = mentalitet. Qisqichbaqalar = xalq.

Xulosa shu - farzand tarbiyasida mahkam turing, uni o'ziga ishonch bilan o'stiring, har doim qo'llab-quvvatlab, uni aqlan, ruhan, jismonan rivojlantirishga harakat qiling. Asosiysi, jamiyatdagi ko'zga ko'rinmas arqonlar bilan uni bog'lab tashlamang. Kutilgan natijani albatta ko'rasiz.

"Qirol Richard" filmini ko'rgandim (Tavsiya qilaman). Olgan insight'larimni bo'lishdim.

P.S.: Zamon mentalitetga nisbatan tez o'zgarayotgan vaqtda yashapmiz, moslashmasak yutqazamiz. Nostandart qarorlar qiling.

Bo'lishing/a'zo bo'ling: @grownroll
585 views16:52
Ochish/sharhlash
2022-05-08 15:56:53 Motivatsiya 2 xil bo'ladi - tashqi va ichki. Tashqi motivatsiya qisqa muddat davom etadi va ko'pchlik buni uzaytirish yo'llarini qidiradi. To'g'rida, 5 daqiqada "supermen" bo'lib qolsang, bu uzoq davom etsa, hamma ishlaringni bitirib olarding.

Ichki motivatsiya esa, nega? degan savolni berishdan boshlanadi. Nega bu ishni boshlading? Nega tugatyapsan? Nega hayotingni shunchaki yashab o'tyapsan? Axir hayot tug'ilishdan o'lishgacha shunchaki tirik bo'lib yashash emas, balki shu vaqt orasida yonib, rivojlanib, jamiyatga foydasi tegib yashash emasmi? O'ylab ko'r.

@grownroll
440 views12:56
Ochish/sharhlash