Get Mystery Box with random crypto!

“Green Card” firmalar “jonlanish” arafasida… 4 may kuni “Gree | 🗽Green Card Lottery🗽

“Green Card” firmalar “jonlanish” arafasida…

4 may kuni “Green Card” javoblari e’lon qilingach ko’plab firmalar “uyg’onmoqda”. Albatta ayrim insonlarga ma’lumki hali “Green Card” mavsumi boshlangani yo’q, biroq “Green Card” haqida tushunchaga ega bo’lmaganlarni aldash ancha oson. Keling sizlarga ko’plab firmalarni salbiy tomonlarini keltirib o’tamiz.

Mavsum boshlanishidan oldin “Green Card” uchun ma’lumotarni to’plash albatta noo’rin ish, sababi siz ushbu firmalarga hozirdanoq ma’lumotlaringizni taqdim etsangiz o’yin boshlangan payt siz uchun anketa to’ldirish ehtimoli quyi darajada.

Aytaylik siz ushbu firmalarga ma’lumotlaringizni berdingiz va siz firmaga ma’lumotlaringizni taqdim etganingiz yodingizdan chiqib ketdi ham deylik, katta ehtimol bilan shunday bo’ladi ham va ushbu firma mavsum boshlangach sizni ro’yxatdan o’tkazib ham qo’ydi deylik, siz esa boshqa firmaga murojaat qilasiz va hisobda esa 2 marotaba ariza bergan hisoblanasiz yakunda esa siz “Green Card” lotereyasidan avtomatik ravishda diskvalifikatsiya ya’ni o’yindan chetlashtirilasiz!

Qolaversa mavsum boshlanishidan oldin taqdim etilgan suratlaringiz ham talabga javob bermaydi, rasmga ohirgi 6 oy Ichida tushilgan bo’lishi kerak.
Firmalarning yana bir salbiy jihati, siz bir firma orqali o’yinda ishtirok etgan bo’lsangiz kelasi yil o’yingacha ushbu firma sizning ma’lumotlaringizni saqlab ham oladi va sizning ruxsatingizsiz “Green Card” lotereyasi uchun sizning ruxsatingizsiz anketa to’ldiradi, hisobda siz takror 2 marotaba anketa to’ldirgan bo’lasiz va yana o’yindan chetlashtirilasiz, bu ish har o’yinda takrorlanaversa bir umr ishtirok etsangiz ham yuta olmaysiz!

Yurtimizda eng faol bo’lgan hudud – bu albatta Samarqand hisoblanadi. Barchada bir xil savol, nima uchun Samarqandliklarga ko’p yutuq chiqadi degan savol, bu savolning javobi esa oddiy: sababi ular ancha faol va ishtirokchilar soni ham haddan ortiq, lotereyada shunday qoida mavjud: qaysi hudud ishtirokchilari ko’p bo’lsa o’sha hududda g’oliblar soni ham ko’p. Samarqanddagi firmalarning ko’pi ham sizga “Confirmation Nimber” bermaydi, bu “Confirmation Number”siz hech narsa qila olmaysiz! Shunday ekan anketani o’zingiz to’ldiring!

Siz azizlardan yana bir narsani iltimos qilib qolar edik, also firmalarga murojaat qilmang, bir anketa uchun ham Samarqandga borib vaqtingizni ketkazmang, yutib olish baribir omadga borib taqaladi.

P.S. Xa aytgancha, “Gree Card” anketasini to’ldirish unchalik murakkab ish emas, YouTube ijtimoiy tarmog’ida ham yetarlicha video-materiallar mavjud, o’rganish uchun uzog’I 1 soat vaqtingiz ketadi, mavsum boshlanishiga yaqin o’zimiz ham video ishlaymiz nasib, sodda oson tushuntirilgan holda!

Читать на русском языке

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube